
2026-yilning yanvar-aprel oylarida 2 mln 200 ming 530 nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 83,7 ming nafarga oshgan. 2026-yilning dastlabki to‘rt oyida o‘zbekistonliklar eng ko‘p borgan davlatlar ro‘yxatida Qirg‘iz Respublikasi yetakchilik qilmoqda 899 ming nafar. Undan keyingi o‘rinlarda Tojikiston (388,4 ming nafar) va Qozog‘iston (354,8 ming nafar) joylashgan.
| T/r | Davlat | Fuqarolar soni (nafar) |
| 1 | Qirg’iz Respublikasi | 899 004 |
| 2 | Tojikiston | 388 452 |
| 3 | Qozog’iston | 354 859 |
| 4 | Saudiya Arabistoni | 138 113 |
| 5 | Rossiya | 115 094 |
| 6 | Turkiya | 70 340 |
| 7 | BAA | 31 073 |
| 8 | Xitoy | 23 557 |
| 9 | Tailand | 16 291 |
| 10 | Misr | 15 823 |
Shuningdek, TOP-10 likka Saudiya Arabistoni (138,1 ming nafar), Rossiya (115 ming nafar), Turkiya (70,3 ming nafar), BAA (31 ming nafar), Xitoy (23,5 ming nafar), Tailand (16,2 ming nafar) hamda Misr (15,8 ming nafar) kabi davlatlar kiritilgan.
Avvalroq Kursiv nashri O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan sayyohlar oqimi qariyb 30 foizga o‘sgani haiqda xabar bergan edi.