Yangiliklar

O‘zbekistonning davlat qarzi $47 milliardga yaqinlashdi

Umumiy davlat qarzi mamlakat yalpi ichki mahsulotining 26,6 foiziga teng
Foto: pexels.com

O‘zbekistonning umumiy davlat qarzi 2026-yilning dastlabki uch oyi yakunlariga ko‘ra $46,9 mlrd ni tashkil etdi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berildi.

Davlat qarzining asosiy yuklamasi tashqi majburiyatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Xususan, tashqi qarz $39,7 mlrdga yetdi. Bu jami qarz portfelining 84,6 foizini tashkil qiladi. Davlat ichki qarzi esa $7,2 mlrd darajasida qayd etildi.

Tashqi qarzning katta qismi, ya’ni $20,7 mlrd qat’iy belgilangan foiz stavkalarida jalb qilingan. Yana $18,7 mlrd mablag‘lar esa o‘zgaruvchan foiz stavkalariga bog‘langan. Tashqi qarzning $38,6 mlrd xorijiy valyutada, qolgan $1,08 mlrd esa milliy valyutada olingan.

Hisobot davrida qisqa muddatli tashqi qarzlar mavjud emasligi va asosiy majburiyatlar bir yildan ortiq muddatda so‘ndiriladigan uzoq muddatli qarzlar ekanligi ta’kidlandi. Bu holat qarzga xizmat ko‘rsatish xatarlarini past darajada ushlab turadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan kommunal to‘lovlar bo‘yicha qarzlar soddalashtirilgan tarzda undirilishi haqida xabar bergan edi.