

Jahon chempionatida futbolchilarimizni Yaratganning o‘zi qo‘llasin — prezident
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston milliy terma jamoasini Futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kuzatish marosimida ishtirok etib, futbolchilarga oq fotiha berdi. Tadbir Bunyodkor stadionida bo‘lib o‘tdi.

«Oq bo‘rilar» ruhi: UzAirways ilk bor samolyotini terma jamoa ramzlari bilan bezadi
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi o‘z tarixida ilk bor havo kemasini maxsus livreyada (tashqi ko‘rinishda) namoyish etdi. Boeing 787 Dreamliner 2026-yilgi Jahon chempionatida debyut qiladigan milliy futbol terma jamoamiz ramzlari bilan bezatildi.

Senator Qudratilla Rafiqov O‘zbekiston gerbidagi paxta va g‘alla ramzlarini savol ostiga oldi
Senator Qudratilla Rafiqov O‘zbekiston davlat gerbidagi paxta va g‘alla tasvirlari bo‘yicha fikr bildirdi. U maqolasida mustaqillikning dastlabki yillarida qabul qilingan davlat ramzlarida o‘sha davrdagi siyosiy xavotir, qo‘rquv va ikkilanish aks etganini ta’kidladi.

O‘zbekistonda Volkswagen va Foton avtomobil zavodlari ishga tushiriladi
Shavkat Mirziyoyev avtomobil sanoatini rivojlantirish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va tarmoq raqobatbardoshligini oshirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Unda joriy yilda Volkswagen va Foton zavodlari ochilishi ma’lum qilindi.

12 va undan yuqori jarima ball olgan haydovchilar soni 107 nafarga yetdi
1-apreldan buyon 107 nafar haydovchi 12 va undan ortiq jarima ball to‘plab ulgurdi. Endilikda ular sud tartibida haydovchilik huquqidan mahrum etiladi, deya ma’lum qilmoqda YHXX matbuot xizmati.

AQSh Erondagi urush sabab Rossiya neftiga imtiyozni yana uzaytirdi
AQSh Rossiya neftini xarid qilishga ruxsat beruvchi vaqtinchalik imtiyozni yana 30 kunga uzaytirdi. Bu qaror energiya narxlari keskin oshib borayotgan bir paytda qabul qilindi.

San-Diegodagi masjidda otishma yuz berdi
AQShning San-Diego shahridagi masjid va maktab hududida otishma sodir bo‘ldi. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, hodisa oqibatida kamida uch nafar katta yoshli kishi halok bo‘lgan.

Xantavirus Indoneziyada: Jakartada uchta holat aniqlandi
Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida xantavirusning uchta tasdiqlangan va yana oltita ehtimoliy holati aniqlandi. Bu haqda shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbari Ani Ruspitavati ma’lum qildi.

Namangan gullar festivali Ginnes rekordlar kitobiga kirdi
Namanganda o‘tkazilayotgan 65-xalqaro gullar festivali davomida viloyat jamoasi bir oy ichida 30 mlnga yaqin gul ekib, Ginnesning rekordlar kitobidan o‘rin oldi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi ma’lum qildi.

Xitoyda 80 dan ortiq kishi halok bo‘ldi: Mirziyoyev hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyning Shansi provinsiyasidagi ko‘mir konida yuz bergan yirik avariya munosabati bilan XXR raisi Si Szinpinga hamdardlik yo‘lladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qurbon hayiti arafasida 10 ming nafar bolada bepul jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi
Shavkat Mirziyoyev ehtiyojmand aholini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga doir takliflar bilan tanishdi. Unda Qurbon hayiti munosabati bilan O‘zbekistonda 10 ming nafar bolada bepul jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi ma’lum qilindi.