
O‘zbekistonda 26-may kuni havo asosan o‘zgaruvchan bo‘lib, kunduzgi harorat 15–35° oralig‘ida, kechasi esa 8–20° atrofida bo‘ladi. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi xabar berdi.
Quyida ob-havo prognozi viloyatlar kesimida:
| Hudud | Kunduzgi harorat | Kechki harorat | Yog‘ingarchilik |
|---|---|---|---|
| Toshkent shahri | 28–30° | 16–18° | O‘zgaruvchan, kechga tomon qisqa yomg‘ir, momaqaldiroq |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati | 28–33° | 15–20° | O‘zgaruvchan, qisqa yomg‘ir, momaqaldiroq, kuchli shamol va chang-to‘zon |
| Buxoro, Navoiy viloyatlari | 28–33° | 15–20° | O‘zgaruvchan, qisqa yomg‘ir, momaqaldiroq, chang-to‘zon |
| Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari | 25–30° | 15–20° | O‘zgaruvchan, qisqa yomg‘ir, momaqaldiroq |
| Qashqadaryo viloyati | 30–35° | 15–20° | O‘zgaruvchan, qisqa yomg‘ir, momaqaldiroq |
| Surxondaryo viloyati | 30–35° | 15–20° | Yog‘ingarchilik kutilmaydi |
| Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari | 25–30° | 13–18° | Yog‘ingarchilik kutilmaydi |
| Tog‘ oldi va tog‘li hududlar | 15–20° | 8–13° | O‘zgaruvchan, yomg‘ir, momaqaldiroq, ayrim joylarda do‘l, sel xavfi mavjud |
Eslatib o‘tamiz, avvalroq may oyining so‘nggi kunlarida sel-suv toshqinlari xavfi e’lon qilingan edi.