Kino va seriallar

79-Kann kinofestivali g‘oliblari e’lon qilindi

Nufuzli festivalning asosiy mukofotlari turli mamlakat rejissyorlari tomonidan yaratilgan filmlarga topshirildi
Foto: Rozetked

Fransiyada bo‘lib o‘tgan 79-Kann xalqaro kinofestivalining g‘oliblari ma’lum qilindi. Bu haqda Rozetked nashri xabar berdi.

Nufuzli festivalning asosiy mukofotlari turli mamlakat rejissyorlari tomonidan yaratilgan filmlarga topshirildi.

Yilning eng oliy mukofoti — «Oltin palma novdasi» ruminiyalik rejissyor Cristian Mungiuning «Fjord» filmiga berildi. Hakamlar hay’ati festival prezidenti Park Chan-wook rahbarligida ish olib bordi.

Katta mukofot — Gran-pri esa rossiyalik rejissyor Andrey Zvyagintsevning «Minotavr» filmiga nasib etdi. Shuningdek, Germaniyalik rejissyor Valeska Grizebaxning Dream Adventure filmi ham hakamlar maxsus mukofotiga loyiq deb topildi.

Eng yaxshi rejissura yo‘nalishida ikki film — «Black Ball» va «Fatherland» g‘olib bo‘ldi. Aktyorlik yo‘nalishlarida esa erkaklar va ayollar uchun bir nechta ijrochilar mukofotlandi.

Festival davomida Eng yaxshi debyut uchun «Oltin kamera» mukofoti, qisqa metrajli filmlar va Un Certain Regard (Maxsus qarash) yo‘nalishi bo‘yicha ham bir qator sovrinlar topshirildi.

79-Kann kinofestivali 12–23 may kunlari bo‘lib o‘tdi va yakunida Piter Jekson, Jon Travolta hamda Barbra Streisandga faxriy «Oltin palma novdasi» ham berildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2026-yilgi Kann kinofestivali sanalari ma’lum bo‘lgani haqida yozgandi.