Avto

Chevrolet Tracker Koreyada qanday narxda sotiladi

Avtomobil 1,2 litrli E-Turbo Prime dvigateli bilan jihozlangan
Chevrolet Tracker Koreyada qanday narxda sotiladi
Rasm SI yordamida yaratilgan

Chevrolet Tracker avtomobili Janubiy Koreya bozorida Trax Crossover nomi bilan taklif etiladi. Model ixcham krossoverlar segmentiga kiradi.

Maqolada quyidagilar haqida so‘z boradi:

Model haqida

Chevrolet Trax Crossover shahar uchun mo‘ljallangan ixcham krossover hisoblanadi. U zamonaviy tashqi ko‘rinish, nisbatan keng salon va tejamkor dvigatel bilan xaridorlarga taklif etilmoqda. Model Koreyada to‘rtta komplektatsiyada sotiladi. Ular LS, Redline, Active va RS versiyalaridan iborat. Komplektatsiyaga qarab dizayn elementlari, interyer jihozlari va tashqi bezaklar farq qilishi mumkin.

Foto: Chevrolet

Avtomobil uchinchi toifadagi past chiqindili transport vositasi sifatida ko‘rsatilgan. Shu sababli Koreyada ayrim jamoat avtoturargohlari, yirik aeroportlar va metro transfer avtoturargohlarida chegirmalar qo‘llanishi mumkin. Biroq imtiyoz miqdori hudud va avtoturargoh qoidalariga qarab farq qiladi.

Texnik xususiyatlar

2026-yilgi Chevrolet Trax Crossover uzunligi 4540 mmni tashkil etadi. Avtomobilning eni 1825 mm, balandligi esa 1560 mmga teng. G‘ildirak bazasi 2700 mmni tashkil qiladi. Old va orqa g‘ildiraklar iz oralig‘i mos ravishda 1559 va 1576 mm ko‘rsatilgan. Bu o‘lchamlar modelni ixcham krossover bo‘lsa-da, salon va yukxona bo‘yicha qulay avtomobil sifatida ko‘rsatadi.

Foto: Chevrolet

Avtomobil 1,2 litrli E-Turbo Prime dvigateli bilan jihozlangan. Dvigatel hajmi 1199 kub santimetrni tashkil etadi. Uning maksimal quvvati 139 ot kuchiga teng bo‘lib, bu ko‘rsatkich 5000 aylanishda hosil bo‘ladi. Maksimal aylanish momenti 22,4 kg.mni tashkil qiladi. U 2500 dan 4000 aylanishgacha bo‘lgan diapazonda taqdim etiladi. Yonilg‘i baki hajmi 50 litrga teng.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobilning yonilg‘i sarfi disk o‘lchamiga qarab farq qiladi. 17 dyuymli shinalar bilan aralash sikldagi sarf 12,7 km/l ni tashkil etadi. Shahar ichida bu ko‘rsatkich 11,7 km/l, trassada esa 14,3 km/l bo‘ladi.

18 dyuymli shinalarda aralash sarf 12,3 km/l, shahar ichida 11,2 km/l va trassada 14,0 km/l ko‘rsatilgan. 19 dyuymli shinalarda esa aralash sarf 12,0 km/l, shahar ichida 11,1 km/l va trassada 13,2 km/l ni tashkil etadi. CO2 chiqindisi ham shina o‘lchamiga qarab o‘zgaradi. 17 dyuymli versiyada u 132 g/km, 18 dyuymli versiyada 136 g/km, 19 dyuymli versiyada esa 141 g/km deb ko‘rsatilgan.

Foto: Chevrolet

Narxlar

Janubiy Koreyada Chevrolet Trax Crossover narxi komplektatsiyaga qarab 21,55 mln vondan boshlanadi. Eng arzon versiya LS bo‘lib, uning narxi 21 550 000 von etib belgilangan.

Jadval:

KomplektatsiyaKoreyadagi narxiDollardagi taxminiy narxi
LS21 550 000 vontaxminan $15,7 ming
Redline25 650 000 vontaxminan $18,7 ming
Active27 930 000 vontaxminan $20,4 ming
RS28 510 000 von taxminan $20,8 ming

Avtomobilning O‘zbekistondagi narxi

Chevrolet Tracker avtomobilining O‘zbekistondagi eng arzon versiyasi TRK LS Plus bo‘lib, uning chegirmali narxi 215 mln 951 ming 360 so‘mni tashkil etadi. Chegirmasiz narxi esa 220 mln 951 ming 360 so‘m etib ko‘rsatilgan.

Jadval:

KomplektatsiyaChegirmali narxChegirmasiz narx
TRK LS Plus215 951 360 so‘m220 951 360 so‘m
TRK LTZ Plus229 108 480 so‘m244 108 480 so‘m
TRK Premier Plus252 656 160 so‘m272 656 160 so‘m
TRK Redline260 474 080 so‘m282 474 080 so‘m

Kursiv Uzbekistan GM iyunda Chevrolet Tracker ishlab chiqarishni oshirishi haqida yozgan edi.