
27-maydan 3-iyungacha O‘zbekistonda havo asosan quruq bo‘ladi. «O‘zgidromet»ga ko‘ra, ayrim kunlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq kuzatiladi. Ba’zi hududlarda shamol kuchayib, chang-to‘zon bo‘lishi mumkin.
| Hudud | Yog‘ingarchilik | Harorat |
|---|---|---|
| Toshkent shahri | 26-may kechqurun va 27-mayda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin | 25–31-mayda 26–38°, 1–3-iyunda 30–35° |
| Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm viloyati | 27-mayda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 28-maydan 3-iyungacha yog‘ingarchilik kutilmaydi | Kechasi 15–24°, kunduzi 28–38° |
| Buxoro, Navoiy viloyatlari | 27 va 31-mayda yomg‘ir yog‘ishi mumkin | Kechasi 15–24°, kunduzi 28–38° |
| Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari | 27-may va 31-may–1-iyunda yomg‘ir yog‘ishi mumkin | Kechasi 15–24°, kunduzi 25–35° |
| Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari | 27-may va 3-iyunda yomg‘ir yog‘ishi mumkin | Kechasi 15–24°, kunduzi 30–39° |
| Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari | 27-may va 31-may–3-iyunda yomg‘ir yog‘ishi mumkin | Kechasi 15–20°, kunduzi 27–35° |
| Tog‘ oldi va tog‘li hududlar | 27–28-may va 31-may–3-iyunda yomg‘ir yog‘adi | Kechasi 8–15°, kunduzi 13–22° |
27-may kuni ayrim hududlarda shamol 13–18 m/s gacha kuchayadi. Cho‘l hududlarda esa shamol 20–22 m/s gacha yetib, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq may oyining so‘nggi kunlarida sel-suv toshqinlari kuzatilishi mumkinligi xabar qilingandi. Unga ko‘ra, 26-maydan 1-iyungacha kutilayotgan yomg‘irlar sabab respublikaning qator tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin.