Sport

Harri Keyn joriy mavsumda «Oltin butsa» sohibiga aylandi

«Bavariya» hujumchisi Bundesligada 36 ta gol urib, reytingda 72 ochko to‘pladi
Foto: Getty Images

Germaniyaning «Bavariya» klubi hujumchisi Harri Keyn 2025/26-yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra Yevropaning eng yaxshi to‘purari uchun beriladigan «Oltin butsa» sovrinini qo‘lga kiritdi. Bu 32 yoshli ingliz futbolchisining faoliyatidagi ikkinchi shunday yutuq hisoblanadi.

Harri Keyn ushbu mavsumda ajoyib natija ko‘rsatdi. U Bundesligada 31 ta uchrashuv maydonga tushib, 36 marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Germaniya chempionati koeffitsiyentiga ko‘paytirilgan holda u jami 72 ochko to‘pladi va reyting peshqadamiga aylandi.

Foto: Getty Images

Umumiy hisobda hujumchi barcha musobaqalarni hisobga olganda 55 ta o‘yinda 62 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Foto: Mancity.com

«Oltin butsa» reytingida ikkinchi o‘rinni «Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand egalladi. U Angliya Premer-ligasida 27 ta gol urib, 54 ochko to‘pladi. Uchinchi pog‘onadan Ispaniya La Ligasida 25 ta gol bilan 50 ochko jamg‘argan «Real Madrid» a’zosi Kilian Mbappe joy oldi.

Avvalroq Kursiv nashri «Bavariya» Harri Keynning xet-triki evaziga safarda muhim g‘alabani qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edi.