Gadjetlar

Samsung, Oppo, Vivo, Xiaomi, Honor va Huawei smartfonlari o‘rtasida fayl almashishni osonlashtiradigan ilova chiqadi

Samsung, Oppo, Vivo, Xiaomi, Honor va Huawei smartfonlari o‘rtasida fayl almashishni osonlashtiradigan ilova chiqadi
Foto: Ice Univerce

Samsung, Oppo, Vivo, Xiaomi, Honor va Huawei smartfonlari o‘rtasida fayl almashishni osonlashtiradigan yangi usul paydo bo‘ldi. U ilovaning nomi Bada deb nomlanadi.

Bada iOS tizimiga kirmaydigan smartfonlar o‘rtasida fayl uzatish imkonini beradi. Ilova Android va HarmonyOS qurilmalarini o‘zaro bog‘laydi. U Samsung‘ning xalqaro va Xitoy versiyalarida ishlashi mumkin. Shu orqali Samsung foydalanuvchilari Oppo, Vivo, Xiaomi, Honor va Huawei smartfonlariga fayl yubora oladi.

Bada funksiyasi ishlash tamoyili bo‘yicha Quick Share’ga o‘xshaydi. U Quick Share’ni qo‘llab-quvvatlamaydigan Android va HarmonyOS qurilmalari uchun qulay almashuv vositasi bo‘lishi kutilmoqda. Ilovani insider Ice Universe sinovdan o‘tkazgan. U Bada’ni ZhuoyiTong orqali Huawei Pura 90 Pro Max smartfoniga o‘rnatgan. Shundan so‘ng fayllarni Samsung telefoniga muvaffaqiyatli uzatgan.

Bada yordamida fayllarni nafaqat Huawei, balki Oppo, Vivo, Xiaomi, Honor va boshqa Android qurilmalariga ham yuborish mumkin bo‘ladi. Ilova keng joriy etilsa, Android va HarmonyOS qurilmalari o‘rtasidagi fayl almashish ancha qulaylashadi. Bu, ayniqsa, turli brend smartfonlaridan foydalanadigan foydalanuvchilar uchun muhim yangilik bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy A27 smartfonining dizayni sizib chiqqani haqida yozgan edi.