
Xitoy «Shenchjou-23» kosmik kemasini «Tiangong» orbital stansiyasiga uchirdi. Kema bortida uch nafar ekipaj a’zosi bor, deb xabar berdi Xitoy markaziy televideniyesi.
Parvoz mamlakat shimoli-g‘arbidagi Szyutsyuan kosmodromidan amalga oshirildi. Kema mahalliy vaqt bilan 23:08 da uchirilgan. Missiya doirasida ekipaj «Tiangong» orbital stansiyasida ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Odatda Xitoy ekipajlari stansiyada olti oy qoladi. Bu safar esa tajriba tariqasida bir taykonavt orbitada bir yil davomida bo‘lishi rejalashtirilgan.
Ekipaj tarkibiga uch nafar taykonavt kiritilgan. Unga Chju Yanchju qo‘mondonlik qiladi. Shuningdek, missiyada Chjan Chjiyuan va ayol taykonavt Li Szyain ham ishtirok etmoqda. «Tiangong» stansiyasi Xitoyning asosiy orbital laboratoriyasi hisoblanadi. U «Tyanxe» bazaviy modulidan iborat. Unga ikki tomondan «Mentyan» va «Ventyan» laboratoriya modullari ulangan.
Mazkur modullar ilmiy tadqiqotlar va vaznsizlik sharoitidagi tajribalar uchun ishlatiladi. Stansiyada uchta tutashish uzeli va ochiq kosmosga chiqish uchun maxsus shlyuz ham bor. Xitoy orbital laboratoriyasi Xalqaro kosmik stansiyadan besh barobar kichik. Uning foydalanish muddati kamida 10 yilga mo‘ljallangan.
Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistonning «Samarqand 2028» sun’iy yo‘ldoshi parvozi 20-iyunga qoldirilgani haqida yozgan edi.