Yangiliklar

Dollar oshdi: 1-iyun uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

26-may kuni esa 18,19 so‘mga oshib, 11 997,83 so‘m bo‘lgan edi
Dollar oshdi: 1-iyun uchun valyutalar kursi e’lon qilindi
Foto: Depositphotos

1-iyun uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 4,11 so‘mga oshib, 12 001,94 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi

18-may kuni esa 10,94 so‘mga oshib, 11 986,30 so‘mga, 19-may kuni 32,97 so‘mga oshib, 12 019,27 so‘mga, 20-may kuni 36,54 so‘mga oshib, 12 055,81 so‘mga, 21-may kuni 20,37 so‘mga oshib, 12 076,18 so‘mga yetdi. 22-may kuni 54,96 so‘mga tushib, 12 021,22 so‘mni tashkil etdi. 25-may kuni dollar kursi 41,58 so‘mga tushib, 11 979,64 so‘m, 26-may kuni esa 18,19 so‘mga oshib, 11 997,83 so‘m bo‘ldi.

Grafik: SI

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 5,99 so‘mga oshib, 13 973,86 so‘mni, rubl esa 0,64 so‘mga tushib, 166,67 so‘mni tashkil qildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan dollar hafta davomida 162 so‘mga oshgani haqida yozgandi