Yangiliklar

Hayit kunlari ichki sayohatlarga chegirmalar beriladi

27 – 31-may kunlari
Turizm
Foto: Tourism Uzbekistan

Qurbon hayiti munosabati bilan 27 – 31-may kunlari ichki sayohatlar uchun chegirmalar e’lon qilindi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, respublika bo‘ylab mehmonxonalar va boshqa joylashtirish vositalari xizmatlariga 20 foizgacha chegirma beradi.

Davlat muzeylari va madaniy meros obyektlariga kirish chiptalari 10 foizgacha arzonlashtiriladi.

Shuningdek, pullik ziyoratgohlarda nogironligi bor fuqarolar, yoshi katta insonlar va bolalar uchun kirish bepul bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yilning yanvar – aprel oylarida O‘zbekistonga 4 mln nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurdi. Ko‘rsatkichlar o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 29,9 foizga oshgan.

To‘rt oy davomida O‘zbekistonga eng ko‘p sayyoh Qirg‘izistondan kelgan – 1,14 mln kishi. Keyingi o‘rinlarda Tojikiston – 965,4 ming va Qozog‘istondan 935 ming nafar turist sayohat uchun O‘zbekistonni tanlagani qayd etilgan. Shuningdek, Rossiyadan 341,8 ming nafar, Afg‘onistondan esa 161,5 ming nafar fuqaro O‘zbekistonga tashrif buyurgan.