
Umidjon Abduxalikovich Xakimov Ipak Yuli Bank boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Bu haqda bank rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, Xakimov ushbu lavozimda Saidabror Saydiagzamovich Saydaxmedov o‘rnini egalladi. Saydaxmedov esa bankdagi faoliyatini yangi yo‘nalishda davom ettirishga qaror qilgani sababli lavozimini tark etdi.
Umidjon Xakimov bank va xalqaro moliyaviy institutlarda 25 yildan ortiq tajribaga ega mutaxassis sifatida tanilgan. U faoliyati davomida yirik banklarda rahbarlik lavozimlarida ishlab, korporativ biznes, xalqaro bank faoliyati, strategik rivojlanish va transformatsiya yo‘nalishlarini boshqargan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Hamkorbank» va «Poytaxt bank»ka yangi boshqaruv raislari tayinlangan edi.