Sport

Magnus Karlsen Norway Chess turnirini mag‘lubiyat bilan boshladi

Foto: Michal Walusza / Norway Chess

Norway Chess turnirining dastlabki kunida fransiyalik shaxmatchi Alireza Firuzja sensatsion tarzda norvegiyalik Magnus Karlsenni mag‘lub etdi. Bu haqda UzChess xabar berdi.

Alireza Firuzja ushbu turnirda jarohat olgan oyog‘i bilan ishtirok etayotganiga qaramay, muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. Oyog‘ini noqulay holatda ushlab o‘tirishga majbur bo‘lgan shaxmatchining jismoniy holati uning o‘yin sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmadi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/05/img_6768.mp4

Partiyaning katta qismi teng kurashlar ostida kechdi. Dastlab Karlsen uchun xavfli vaziyat yuzaga kelmagan bo‘lsa-da, «e4» pozitsiyasidagi piyodasini boy bergach, vaziyat o‘zgardi. Shundan so‘ng Magnus Karlsen asabiylashib, ketma-ket xatolarga yo‘l qo‘ydi. Firuzja esa bu vaziyatdan unumli foydalanib, g‘alabani o‘z foydasiga hal qildi.

Avvalroq Kurshiv nashri Abdusattorov Shvetsiyadagi turnirni mag‘lubiyatsiz yakunlagani haqida xabar bergan edi.