Yangiliklar

Maktab o‘quvchilari uchun milliy kitobxonlik harakati o‘tkaziladi

Harakat har yili uch bosqichda o‘tkaziladi
Maktab o‘quvchilari uchun milliy kitobxonlik harakati o‘tkaziladi
Foto: Unsplash

O‘zbekistonda har yili maktab o‘quvchilari uchun milliy kitobxonlik harakati o‘tkaziladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Milliy kitobxonlik harakati har yili uch bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqich «kitobxonlikharakati.uz» elektron platformasi orqali onlayn tarzda bo‘ladi. Ishtirokchilar platformada ro‘yxatdan o‘tadi. Ikkinchi va uchinchi bosqichlar esa bevosita ishtirok etish formatida tashkil etiladi. Ular viloyat va respublika darajasida o‘tkaziladi.

Dasturda ishtirokchilar uchta yosh toifasiga ajratiladi. Saralash belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi. Yuqori sinf toifalari bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar pul mukofoti hamda diplomlar bilan taqdirlanadi. Bu toifalarga 6 – 8-sinf va 9 – 11-sinf o‘quvchilari kiradi.

1-o‘rinni olgan ikki nafar g‘olibning har biri $50 ming pul mukofoti va diplom oladi. 2-o‘rinni egallagan ikki nafar sovrindorning har biriga $30 mingdan beriladi.

3-o‘rinni olgan ikki nafar sovrindor esa $15 ming pul mukofoti va diplom bilan taqdirlanadi. Bundan tashqari, beshta qo‘shimcha nominatsiya bo‘yicha sovrindorlarning har biri $10 ming pul mukofoti oladi.

Avvalroq «Kursiv» nashri Shahnoza Mirziyoyeva tashabbusi bilan «Xotira nuri» kitobining ikkinchi jildi chop etilgani haqida yozgan edi.