
27-may kuni O‘zbekistonning ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatiladi. Harorat hududlarga qarab kunduzi 25-35°, kechasi 15-20° atrofida bo‘ladi, deya xabar qilmoqda «O‘zgidromet».
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
| Hudud | Kunduzgi harorat | Kechki harorat | Yog‘ingarchilik |
|---|---|---|---|
| Toshkent shahri | 26-28° | 16-18° | Qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati | 28-33° | 15-20° | Ayrim joylarda yomg‘ir, momaqaldiroq |
| Buxoro va Navoiy viloyatlari | 28-33° | 15-20° | Ayrim joylarda yomg‘ir, momaqaldiroq |
| Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari | 25-30° | 15-20° | Ayrim joylarda yomg‘ir, momaqaldiroq |
| Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari | 30-35° | 15-20° | Ayrim joylarda yomg‘ir, momaqaldiroq |
| Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari | 27-32° | 15-20° | Ayrim joylarda yomg‘ir, momaqaldiroq |
| Tog‘ oldi va tog‘li hududlar | 13-18° | 8-13° | Yomg‘ir, momaqaldiroq, ayrim joylarda do‘l |
Ma’lumot uchun, 27-may kuni Toshkentda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Ayrim xastaliklari bor fuqarolarga ehtiyot choralarini ko‘rishni tavsiya etadi.
Eslatib o‘tamiz, may oyining so‘nggi kunlarida sel-suv toshqinlari xavfi e’lon qilingan edi.