Madaniyat

Mirziyoyev Toqayevni Qurbon hayiti bilan qanday tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev o‘z tabrigida ushbu ayyomning ma’naviy ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdi
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan birgalikda Turkiston shahrida Oʻzbekiston tomonidan bunyod etilgan masjid bilan tanishdilar. / 2026-yil 15-may kuni / Foto: Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati

Oʻzbekiston prezidenti Qozogʻiston rahbariga tabrik telegrammasi yoʻllab, ikki xalq oʻrtasidagi birodarlik rishtalari va umumiy qadriyatlarni alohida qayd etdi.

Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev nomiga Qurbon hayiti munosabati bilan xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan qutlov maktublari va telegrammalar kelmoqda. Bu haqda Aqorda matbuot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻz tabrigida ushbu ayyomning ma’naviy ahamiyatiga toʻxtalib oʻtdi. Davlat rahbarining ta’kidlashicha, hayit bayrami umumiy tarix, til, din va an’analar bilan birlashgan doʻst xalqlarimiz oʻrtasidagi birodarlik ruhini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Oʻzbekiston yetakchisi ikki tomonlama munosabatlarni yangi sifat bosqichiga olib chiqish borasidagi ishonchini ham bildirgan.

«Birgalikdagi intilishlarimiz natijasida mamlakatlarimiz oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari bundan buyon ham izchil mustahkamlanib borishiga ishonaman», – deb yozdi Shavkat Mirziyoyev oʻz maktubida.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev Qurbon hayiti munosabati bilan Oʻzbekiston xalqiga bayram tabrigini yoʻllagani haqida yozgan edi.