Banklar va moliya

Besh kunlik dam: qaysi banklar xizmat ko‘rsatishda davom etadi

Agar navbatda turishni xohlamasangiz, bankka borish shart emas
Foto: depositphotos.com

O‘zbekistonda 27-maydan 31-maygacha dam olish kunlari deb e’lon qilindi. Bayram kunlari valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari zarur bo‘lsa, qaysi banklar ishlaydi?

Markaziy bank xabariga ko‘ra, bayram kunlari ham aholi uchun quyidagi banklarning shoxobchalari ochiq bo‘ladi. Bank nomini bosish orqali sizga eng yaqin filialning manzilini topishingiz mumkin.

Agro bank

Apex bank

Milliy bank

Tenge bank

Hamkor bank

Anor bank

Garant bank

Hayot bank

Asaka bank

Universal bank

SQB

Trast bank

Ipoteka bank

Infin bank

Asia Alliance bank

BRB

Ipak Yuli bank

Aloqabank

Xalq banki

Orient Finance bank

Saderat bank

Poytaxt bank

Mikrokreditbank

Turon bank

Davr bank

Bankka borish shart emas!

Agar navbatda turishni xohlamasangiz, quyidagi qulayliklardan foydalaning:

  1. Mobil ilovalar: Istalgan vaqtda (24/7) telefon orqali valyuta sotib olish yoki sotish mumkin.
  2. Bankomatlar: Ko‘chalarda joylashgan maxsus bankomatlar orqali tunu-kun valyuta ayirboshlash imkoniyati bor.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 1-iyun uchun valyutalar kursi yangilangani, unga ko‘ra dollar kursi 12 001,94 so‘m darajasiga ko‘tarilgani haqida xabar bergan edi.