
29-may kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.
Shamol 7-12 metr/soniya tezlikda esadi. Shimoliy hududlarda u 13-18 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin.
Ba’zi joylarda shamol tezligi 20-22 metr/soniyagacha yetadi. Ayrim hududlarda chang-to‘zon kuzatilishi ehtimoli bor.
Toshkent shahrida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Poytaxtda shamol 5-10 metr/soniya tezlikda esadi.
Toshkentda havo harorati 32-34 daraja atrofida bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli ham bor.
Shuningdek, ushbu hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Tog‘li hududlarda harorat 20-25 daraja bo‘ladi.