Kino va seriallar

Aktyor Nikolas Keyj rasmiy ismini o‘zgartirdi

San’atkor aslida mashhur Koppola oilasiga mansub
Foto: Endgame Entertainment

Amerikalik aktyor Nikolas Keyj o‘zining rasmiy hujjatlaridagi familiyasini o‘zgartirgani va endi to‘liq Nikolas Keyj nomi bilan yurishini tasdiqladi. Aktyor bu haqda intervyuda ma’lum qilgan.

San’atkor aslida mashhur Koppola oilasiga mansub bo‘lib, tug‘ilganda uning ismi Nikolas Kim Koppola edi. U faoliyatini boshlashda familiyasi katta kinorejissyorlar sulolasiga bog‘lanib qolmasligi uchun Keyj sahna nomini tanlagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor hujjatlarida Koppola familiyasidan 2025-yilgacha foydalanib kelgan. Yangi qaror bilan u sahna nomi va rasmiy ismni bir xil qilishni ma’qul ko‘rgan.

Francis Ford Koppola oilasiga mansub bo‘lgan mashhur aktyor bu qarorini o‘z ijodiy mustaqilligini yanada mustahkamlash bilan izohlagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «The Boys» serialining prikveli «Vought Rising» treylerini namoyish etgani haqida yozgandi.