
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘iston poytaxti Ostona shahriga yetib bordi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbarini aeroportda Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Foto: prezident.uz




Tashrif doirasida O‘zbekiston yetakchisi kuzatuvchi davlat rahbari maqomida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Mirziyoyev Toqayevni Qurbon hayiti bilan qanday tabriklagani haqida yozgandi.