
O‘zbekistonda 30-may kuni ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Ba’zi joylarda uning tezligi 13-18 m/s gacha kuchayadi. Respublikaning shimoliy hududlarida shamol 20-22 m/s gacha yetishi mumkin.
Ayrim hududlarda kuchli shamol chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Kunduzi havo harorati 33-38 daraja issiq bo‘ladi. Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Poytaxtda harorat 34-36 daraja issiq atrofida bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shu bilan birga, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli saqlanib qoladi. Ushbu hududlarda shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 25-30 daraja issiq bo‘ladi.
Avvalroq «Kursiv» nashri 29-may kuni O‘zbekistonda havo 35 darajagacha isiishi haqida yozgan edi.