Yangiliklar

31-may kuni havo 40 darajagacha isiydi

Faqat Buxoro va Navoiy viloyatlarining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin
Ob-havo
Foto: Depositphotos

31-may kuni O‘zbekistonning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. «O‘zgidromet»ga ko‘ra, faqat Buxoro va Navoiy viloyatlarining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi hamda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayib, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Kunduzi havo 33–38 daraja, janubda esa 40 darajagacha issiq bo‘ladi.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 36–38 daraja bo‘ladi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sel-suv toshqinlari xavfi bor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMT 2030-yilgacha anomal issiq davrdan ogohlantirgandi. Mutaxassislar global harorat 2027-yildayoq yangi rekord darajaga chiqishi mumkinligini aytmoqda. Bunga yil oxirida El-Nino iqlim hodisasi boshlanishi ehtimoli sabab boʻlishi mumkin.