Yangiliklar

2 – 5-iyun kunlari 9 ta hududda sel xavfi yuzaga kelishi mumkin

Kutilayotgan yomg‘irlar sabab
O‘zbekistonning qator hududlarida sel oqimlari kuzatildi
Foto: «O‘zgidromet» agentligi

2 – 5-iyun kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sabab O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.

HududSel xavfi bor joylar
QashqadaryoYakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor
SurxondaryoSariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot
SamarqandUrgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon
NavoiyXatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana
JizzaxZomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod
Toshkent viloyatiOhangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq, Angren, Olmaliq
NamanganPop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on
Farg‘onaSo‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq
AndijonAndijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat, Xonobod

Tog‘li hududlarda yashovchilar, dam oluvchilar va haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘raldi. Shuningdek, ayrim joylarda yomg‘ir suvlari to‘planib, hududlarni suv bosishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 1-iyun kuni ob-havo qanday bo‘lishi ma’lum qilingandi.