
2-iyun uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 52,91 so‘mga tushib, 11 949,03 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
21-may kuni 20,37 so‘mga oshib, 12 076,18 so‘mga yetdi. 22-may kuni 54,96 so‘mga tushib, 12 021,22 so‘mni tashkil etdi. 25-may kuni dollar kursi 41,58 so‘mga tushib, 11 979,64 so‘m, 26-may kuni esa 18,19 so‘mga oshib, 11 997,83 so‘m bo‘ldi. 1-iyun kuni esa 4,11 so‘mga oshib, 12 001,94 so‘mni tashkil etgan edi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 52,05 so‘mga tushib, 13 921,81 so‘mni, rubl esa 0,39 so‘mga tushib, 166,28 so‘mni tashkil qildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan dollar hafta davomida 162 so‘mga oshgani haqida yozgandi.