Sport

Kanada va O‘zbekiston o‘yiniga 50 mingdan ortiq chipta sotildi

O‘zbekiston terma jamoasi maydonga to‘liq oq libosda tushadi
Kanada — O‘zbekiston o‘yiniga 50 mingdan ortiq chipta sotildi
Foto: UFA

Kanada va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuviga qiziqish katta bo‘lmoqda. O‘FA ma’lumotiga ko‘ra, Edmonton shahridagi bahs uchun 50 mingdan ortiq chipta sotilgan.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston terma jamoasi maydonga to‘liq oq libosda tushadi. Darvozabon esa yashil rangli libosda harakat qiladi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/06/img_3841.mp4
Video: UFA

Kanada va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi 2-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 06:00 da Edmonton shahridagi Commonwealth stadionida boshlanadi.

Mazkur bahs Kanada uchun ham muhim ahamiyatga ega. Chunki jamoa Jahon chempionati oldidan so‘nggi tayyorgarlik o‘yinlaridan birini o‘tkazadi.

Mahalliy nashrlar xabariga ko‘ra, uchrashuv kuchli yomg‘ir ostida o‘tishi ehtimoli mavjud.

Kanada meteorologiya xizmati Edmonton va uning atrofida kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi haqida ogohlantirgan. Ayrim hududlarda 50 – 100 mm gacha yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Dushanba kuni havo harorati 11 darajadan oshmasligi, kechqurun esa 9 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Shuningdek, stadionga o‘rnatilgan vaqtinchalik tabiiy gazon kuchli yomg‘irga qanday bardosh berishi ham muhim savollardan biri bo‘lib qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi Kanadada qanday kutib olingani haqida xabar berilgandi.