Sport

O‘zbekiston antidoping kodeksiga moslashgan ilk davlat deb e’tirof etildi

WADA prezidenti O‘zbekistonning antidoping tizimini takomillashtirish borasidagi sa’y-harakatlariga yuqori baho bergan
O‘zbekiston antidoping kodeksiga moslashgan ilk davlat deb e’tirof etildi
Foto: Sport vazirligi

O‘zbekiston «Jahon antidoping kodeksi–2027» talablariga milliy qonunchiligini to‘liq moslashtirgan dunyodagi birinchi va hozircha yagona davlat sifatida e’tirof etildi. Bu haqda Sport vazirligi xabar bermoqda.

Pekinda Jahon antidoping agentligi tomonidan Osiyo va Okeaniya mintaqasida sportda dopingga qarshi kurashish bo‘yicha XXI Hukumatlararo vazirlar yig‘ilishi hamda Osiyo mintaqaviy simpoziumi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda. Unga Sport vaziri Adham Ikramov boshchilik qilmoqda.

WADA prezidenti Vitold Banka O‘zbekiston tomonidan 2026-yil yanvar oyida o‘tkazilgan tadbirlarni ham alohida e’tirof etdi. U O‘zbekistonning antidoping tizimini takomillashtirish borasidagi sa’y-harakatlariga yuqori baho bergan.

Shuningdek, mamlakat 2026-yil fevral–mart oylarida o‘tkazilgan muvofiqlik baholashidan muvaffaqiyatli o‘tgani ta’kidlandi. Konferensiya doirasida Sport vaziri Adkham Ikramov taqdimot o‘tkazgan. Taqdimotda O‘zbekistonda antidoping siyosatini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Avvalroq «Kursiv» Javohir Sindaov Ruminiyadagi nufuzli turnirda bronza medalini qo‘lga kiritgani haqida yozgan edi.