Yangiliklar

O‘zbekiston BMTning nufuzli komissiyasiga qo‘shildi

Bmt
O‘zbekiston ilk bor mazkur komissiya a’zosi sifatida sessiya ishlarida qatnashdi
Foto: Saida Mirziyoyeva Telegram kanali

Avstriyaning Vena shahrida BMTning Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov komissiyasi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu yil O‘zbekiston ilk bor mazkur komissiya a’zosi sifatida sessiya ishlarida qatnashdi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva Telegram kanalida xabar berdi.

Nufuzli tadbirda dunyoning 175 davlatidan 1,5 mingdan ortiq yuqori martabali rahbar va ekspertlar ishtirok etdi.

Foto: Saida Mirziyoyeva Telegram kanali

O‘zbekiston delegatsiyasi mamlakatda odil sudlov tizimini takomillashtirish, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, jinoyatchilik profilaktikasi hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan milliy ma’ruza taqdim etdi.

Sessiyada zamonaviy tahdidlar, jumladan, kiberjinoyatchilik, korrupsiya va oilaviy zo‘ravonlikka qarshi kurash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston tomoni ochiq muloqot, tajriba almashish va davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik global xavfsizlikni ta’minlashning muhim omillaridan biri ekanini qayd etdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan prezident administratsiyasi rahbari kichik biznes uchun yaratilgan yangi qoidalar haqida gapirganini yozgandi.