Yangiliklar

O‘zbekistonda 1-iyun kuni ob-havo qanday bo‘ladi

Toshkent shahrida ham kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin
O‘zbekistonda 1-iyun kuni ob-havo qanday bo‘ladi
Foto: iStock

O‘zbekistonda 1-iyun kuni ob-havo barqaror bo‘lib, asosan yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

«O‘zgidromet» ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarda momaqaldiroq kuzatiladi. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Ayrim hududlarda u 13–18 m/s gacha kuchayadi. Ba’zi joylarda chang-to‘zon bo‘lishi mumkin.

Havo harorati 31–36 daraja bo‘ladi. Janubiy hududlarda harorat 40 darajagacha ko‘tariladi. Toshkent shahrida ham kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Momaqaldiroq kuzatilishi ehtimoli bor.

Poytaxtda shamol 3–8 m/s tezlikda esadi. U 12–15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatiladi. Toshkentda havo harorati 34–36 daraja atrofida bo‘ladi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ushbu hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli bor. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayadi. Tog‘li hududlarda havo harorati 25–30 daraja bo‘ladi.

Avvalroq «Kursiv» 31-may kuni havo 40 darajagacha isishi haqida yozgan edi.