Yangiliklar

Toshkentdagi podstansiyada yong‘in yuz berdi — video

Jarohatlanganlar yo‘q
Jarohatlanganlar yo‘q — Park in Mall’da yong‘in yuz berdi
Toshkentdagi podstansiyada yong‘in yuz berdi / Foto: FVV

Toshkent shahrining Olmazor tumanida joylashgan podstansiyada yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa qisqa vaqt ichida bartaraf etildi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar FVBB.

Unga ko‘ra, 1-iyun kuni soat 18:57 da Olmazor tumani Kichik halqa yo‘li ko‘chasida joylashgan podstansiya hududidagi transformator yonayotgani haqida xabar kelib tushgan.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/06/aqpffhfz_nsqpy8nxqjxw_ilpuu430ju9rqmo2r_u_6jwou6knlvaroftncgbha.mp4
Video: Ijtimoiy tarmoq

Shundan so‘ng FVV qutqaruv texnikalari voqea joyiga soat 19:01 da yetib borgan. Yong‘in soat 19:12 da qurshab olinib, o‘t o‘chirish ishlari davom ettirilgan.

Ma’lum qilinishicha, yong‘in soat 19:17 da to‘liq o‘chirilgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar va tan jarohati olganlar qayd etilmagan.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/06/0526-11.mp4
Video: Ijtimoiy tarmoq

Yuzaga kelgan avariya tufayli Toshkent shahrining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minoti vaqtincha uzildi.

Olmazor tumanida Quyosh, Orzu, Universitet, Ziyo, Zamondosh, Alon, Chustiy, Chig‘atoy Darvoza va Ziyokor mahallalaridagi iste’molchilar elektr ta’minotisiz qoldi. Natijada 6,2 mingta xonadon, 807 ta yuridik iste’molchi, 18 ta ijtimoiy soha obyekti hamda talabalar turar joylarida elektr energiyasi vaqtincha o‘chirildi.

Shuningdek, Shayxontohur tumanidagi Qurg‘oncha, Shayx Zaynitdin, Mushkin, Tinchlik, Bog‘ ko‘cha, Aloqa, Temir Tau, Shomahmudov, Shumanay, Eshon Boboxon, Bedil, G‘ulom Uzokov, Maorif, Maxtumquli, Zafarobod va Huvaydo ko‘chalari hamda ularga tutash hududlarda ham elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqanddagi yonilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘lgan edi.