Banklar va moliya

Banklarda avtokreditlar bo‘yicha foiz stavkalari yana pasaydi

1-iyun holatiga ko‘ra
Banklarda avtokreditlar bo‘yicha foiz stavkalari yana pasaydi
Foto: depositphotos

1-iyun holatiga ko‘ra, tijorat banklarida amal qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning so‘nggi 10 ish kuni bo‘yicha foiz stavkalari e’lon qilindi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Mazkur davrda mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan taqdim etilayotgan avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 22,3 foizdan 21,7 foizga tushdi. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarz va kredit kartalaridan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 22,9 foizni, yuridik shaxslar ulushi ham 22,9 foizni ko‘rsatmoqda.

Bunda eng past avtokredit stavkasi «Davr bank» tomonidan taklif qilingan bo‘lib, 18,3 foizni tashkil etdi. Bungacha eng kam foiz «BRB» (18,3%) tomonidan taklif qilingandi.

Xususan, eng kam foizli avtokreditlar quyidagi banklarda ham kuzatilmoqda:

  • «Davr bank» – 18,3%;
  • «BRB» – 18,7%;
  • «Apex bank» – 18,9%;
  • «Garant bank» – 19,3%;
  • «Hamkorbank» – 20,7%.

Eng yuqori avtokredit stavkasi:

  • «Universal bank» – 28%;
  • «Madad Invest bank» – 27,9%;
  • «Agrobank» – 25,2%;
  • «Turon bank» – 24,8%;
  • «Asia Alliance bank» – 24%.

Markaziy bank izohiga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqaruvchilar yoki dilerlar bilan hamkorlik asosida beriladigan kreditlarda foiz stavkalari pastroq bo‘lishi mumkin. Shuningdek, avtokreditlar bo‘yicha stavkalar avtomobil turi, yoshi, boshlang‘ich badal miqdori va boshqa shartlarga qarab farq qiladi.

Mikroqarzlar

Mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi esa 28,9 foizdan 29,2 foizga oshdi. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarz va kredit kartalaridan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 22,9 foizni, yuridik shaxslar ulushi ham 22,9 foizni ko‘rsatmoqda.

Bunda eng yuqori foiz stavkasi quyidagi banklarda qayd etilgan:

  • «Tenge bank» – 42,6%;
  • «Anorbank» – 41,5%;
  • «AVO bank» – 39,9%;
  • «Uzum bank» – 38%;
  • «TBC bank» – 34,7%.

Eng past mikroqarz foiz stavkasi «Aloqabank» (22,9%) tomonidan taklif qilinmoqda. Bundan avval eng kam foiz 22,6% bo‘lib, uni ham «Aloqabank» taklif qilgandi.

Bundan tashqari, eng kam foizli mikroqarzlar quyidagi banklarda ham mavjud:

  • «Aloqabank» – 22,9%;
  • «Infinbank» – 24,2%;
  • «Asia Alliance bank» – 24,2%;
  • «Milliy bank» – 24,7%;
  • «Trastbank» – 25%.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2,2 mln fuqaro o‘z nomiga kredit olishni taqiqladi. Kredit-axborot tahliliy markaziga ko‘ra, O‘zbekistonda fuqarolarning o‘z nomiga kredit rasmiylashtirilishini cheklash imkonini beruvchi «kreditga taqiq» xizmatidan foydalanuvchilar soni 2 milliondan oshdi.

Mazkur xizmat fuqarolarga o‘z nomiga bank yoki mikrokredit tashkilotlarida kredit shartnomasi tuzilishini vaqtincha yoki to‘liq cheklash imkonini beradi. Tahlillarga ko‘ra, xizmatdan foydalanishda erkaklar ulushi ustun bo‘lib, jami foydalanuvchilarning 58 foizini tashkil etadi. Ayollar esa 42 foiz atrofida.