
3-iyun uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 14,39 so‘mga tushib, 11 934,64 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
22-may kuni 54,96 so‘mga tushib, 12 021,22 so‘mni tashkil etdi. 25-may kuni dollar kursi 41,58 so‘mga tushib, 11 979,64 so‘m, 26-may kuni esa 18,19 so‘mga oshib, 11 997,83 so‘m bo‘ldi. 1-iyun kuni 4,11 so‘mga oshib, 12 001,94 so‘mni, 2-iyun kuni esa 52,91 so‘mga tushib, 11 949,03 so‘mni tashkil etgan edi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 25,12 so‘mga tushib, 13 896,69 so‘mni, rubl esa 2,14 so‘mga tushib, 164,14 so‘mni tashkil qildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2-iyun uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.