
Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida turnir mezbonlaridan biri Kanada mehmoni bo‘ldi. Bahsda mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning dastlabki bo‘limida asosan teng kurashlar ostida kechdi. Eldor Shomurodov darvozabon bilan yakkama-yakka holatga chiqib borib, qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Qo‘pol o‘yini uchun Aziz G‘aniyev va Farrux Sayfiyevga sariq kartochka ko‘rsatildi.

Ikkinchi bo‘limni Kanada hujumkor boshladi. 58-daqiqada mezbonlarning hujumlari o‘z samarasini berdi. Jonatan Osorio Abduvohid Ne’matov qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qildi. 91-daqiqada esa Jeydon Nelson uchrashuvga nuqta qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Niderlandiya o‘rtasidagi bahs 8-iyun kuni Nyu-York shahridagi «Icahn Stadium» o‘yingohida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanishi belgilangan.
Avvalroq Kursiv nashri O‘zbekistonning JChda yutish ehtimoli baholangani haqida xabar bergan edi.