Yangiliklar

Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobuslar qatnay boshladi

Chipta narxi 365 ming so‘m
Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobuslar qatnay boshladi. Foto: Hafiza Muxtorova / SI

Toshkentdan Qirg‘izistonning Issiqko‘l hududiga mavsumiy avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.

Joriy yilning 8-iyunidan boshlab Uzautotrans Service MChJ tomonidan Toshkent — Cho‘lpon-ota (Issiqko‘l) yo‘nalishida mavsumiy avtobus qatnovlari tashkil etiladi. «Toshkent» avtovokzalidan avtobuslar iyun oyining juft kunlarida jo‘nab ketadi, Issiqko‘ldan Toshkentga qaytish reyslari esa toq kunlarda amalga oshiriladi.

Qatnovlar zamonaviy Yutong avtobuslarida bajariladi. Avtobuslar har kuni soat 15:00 da «Toshkent» avtovokzalidan yo‘lga chiqadi. Yo‘nalish bo‘yicha chipta narxi 365 ming so‘m etib belgilangan.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun +998 71 207-87-00, +998 94 131-99-99 va +998 88 666-15-15 telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chimyon, Amirsoy va Chinorkentga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilgan edi.