Kino va seriallar

«Uzoq shahar»: qismlar mazmuni, aktyorlar va yangi mavsum

Kanal D efirida namoyish etilgan loyiha
«Uzoq shahar» serialidagi eng murakkab qahramon kim
Foto: Yeniçağ Gazetesi

Mardin manzaralari, murakkab oilaviy munosabatlar, kuchli aktyorlar jamoasi va kutilmagan voqealar Turkiyaning «Uzoq shahar» («Uzak Şehir») serialini so‘nggi yillarning eng ko‘p muhokama qilingan loyihalaridan biriga aylantirdi. Kanal D efirida namoyish etilgan loyiha reyting rekordlarini yangilab, nafaqat Turkiyada, balki O‘zbekistonda ham mashhurlikka erishdi. Quyida Kursiv Uzbekistan mazkur serial mazmuni, aktyorlar va uning davomi haqida ba’zi ma’lumotlarni to‘pladi.

Mundarija

Serial haqida

Syujet

Asosiy rollarda

1-mavsum qismlari haqida

2-mavsum qismlari haqida

Uchinchi mavsum bo‘ladimi

Serial haqida

Foto: «Al Hayba» / Vikipedia

«Uzoq shahar» («Uzak Şehir») — Livanning mashhur «Al Hayba» seriali asosida ishlangan turk dramasi. Loyiha 2024-yil 11-noyabr kuni Kanal D telekanalida namoyish etila boshlagan. Serial AyNA Yapım tomonidan suratga olingan bo‘lib, asosiy voqealar Mardinning Midyat tumanida tasvirga tushirilgan. Rejissyorlar Ahmet Katıksiz, Emre Aybek va Yıldız Aşanboğa. Ssenariy muallifi esa Gülizar Irmak.

Syujet

«Uzoq shahar» 2-faslida hikoya qayerga burildi
Foto: Kanal D

Hikoya Alya Albora ismli ayol atrofida qurilgan. U Kanadada yashab kelgan va turmush o‘rtog‘i Boran vafotidan keyin uning vasiyatini bajarish uchun o‘g‘li Deniz bilan Mardinga keladi. Biroq Albora oilasining ta’siri va kuchi sabab Alya kutganidek qaytib ketolmaydi. U asta-sekin oilaning qorong‘i sirlariga duch keladi. O‘g‘lini himoya qilish va erkin hayot uchun kurash Alyani Albora oilasi bilan to‘qnashuvga olib keladi. Shu jarayonda Jihan Albora bilan munosabatlari ham hikoyaning markaziy yo‘nalishiga aylanadi.

Asosiy aktyor va aktrislar

Foto: Jihan Albora — Ozan Akbaba / Kanal D

Jihan Albora — Ozan Akbaba. Mardin chegarasida katta yerlarga ega bo‘lgan Albora oilasining boshlig‘i. U his-tuyg‘ularini aqldan ustun qo‘ymaydigan, sovuqqon, uzoqni ko‘ra biladigan va mulohaza yurita oladigan, kurashchan odam.

«Uzoq shahar»: 50-qismda nimalar bo‘ladi
Alya Albora — Sinem Ünsal / Ekran tasviri videodan

Alya Albora — Sinem Unsal. Kanadadan Mardinga kelgan yosh ayol. Hikoyaning markaziy qahramoni. Boran Alboraning bevasi. Jihan Denizning onasi. G‘arb qadriyatlari bilan yashaydigan ayol. Sog‘lom fikrli, qarorlarida qat’iyatli, erkinlikka intiluvchan.

Foto: Sadakat Albora — Gonca Cilasun / Kanal D

Sadakat Albora — Gonja Jilasun. Oiladagi eng ta’sirli ayollardan biri. An’analar va oilaviy qadriyatlarga qat’iy amal qiladi. Azam Alboraning xotini. Boran, Jihan, Nare va Kayaning onasi. U o‘zgaruvchan dunyo qoidalarini inkor etadi. Unga ko‘ra, agar u joylashgan hududda o‘z urf-odatlaridan tashqariga chiqsa, yashash imkoniyati yo‘q. Shuning uchun u o‘z qoidalarida qat’iy va kerak bo‘lganda ularni qo‘llashda juda shafqatsiz.

Foto: Deniz Jihan Albora — Kuzey Gezer / Sinemalar

Deniz Jihan Albora — Kuzey Gezer. Alya bilan Boranning o‘g‘li. Sevimli otasidan ayrilib, tug‘ilib o‘sgan yeri Mardin yerlari uning uchun tasalli manbai bo‘lsa-da, go‘yo ertaklar diyoriga o‘xshaydi. Qolaversa, katta oila ichida o‘zini bexavotir his qiladigan qo‘rg‘ondek uy. Uning ikkinchi otasi esa Jihan Albora.

Foto: Ecmel Albora — Müfit Kayacan / Kanal D

Ejmel Albora — Mufit Kayajan. Albora oilasidagi eng murakkab va ambitsiyali shaxslardan biri. Fidanning eri. Shahin va Zerrinning otasi. G‘azablangan odam. U hokimiyatni yaxshi ko‘radi. Ojizning emas, kuchli kishining yonida bo‘lish, maqsadga eltuvchi har bir yo‘lni tanlaydi.

Foto: Fidan Albora — Ilkay Kayku / Kanal D

Fidan Albora — Ilkay Kayku. Ejmel Alboraning xotini Shahin va Zerrinning onasi. U mahalliy badavlat oiladan chiqqan. Ejmelning qamalishida u ham Sadakat va Jahonni aybdor deb biladi. Shuning uchun Shahinning Jihanlar bilan birgaligidan sira mamnun emas.

Foto: Şahin Albora — Alper Çankaya / Kanal D

Shahin Albora — Alper Chankaya. Ikki oilaviy guruh o‘rtasida qolib ketgan qahramon. Ejmel Albora va Fidan Alboraning o‘g‘li. Jihan, Kaya va Narening amakivachchasi. Shahin amakivachchalari bilan birga o‘sgan. Narega oshiq. U turmushga chiqsa ham sevib yuradi. O‘z oilasi va amakisining oilasi o‘rtasidagi ziddiyat uni doim qiynaydi.

Foto: Nare Albora — Sahra Shash / Kanal D

Nare Albora — Sahra Shash. Hayoti davomida ko‘plab sinovlarni boshidan kechirgan Albora qizi. Sadakatning qizi. Boran va Jihanning singlisi. U his-tuyg‘ularini saqlab qolishga harakat qilar ekan, olgan zarbalaridan o‘zini yo‘qotib qo‘ydi. U o‘zini himoya qilyapti.

Foto: Kaya Albora — Atakan Özkaya / Kanal D

Kaya Albora — Atakan Özkaya. Oiladagi eng hissiyotli va tez qaror qabul qiladigan qahramonlardan biri. Sadakatning kenja farzandi, Boran, Jihan va Narening ukasi. Otasining o‘limini o‘smirligida kutib olgan Kaya oilaning eng ashaddiy, eng telba shaxsi.

Foto: Zerrin Albora — Dilin Doyer / Kanal D

Zerrin Albora — Dilin Doyer. Ejmel va Fidanning qizi Shahinning singlisi. U ikki oila o‘rtasidagi to‘qnashuvning qoq o‘rtasida qoldi. Shu bilan birga, qoloqlik uni juda g‘azablantiradi va kutilmagan qarorlar qabul qilishiga sabab bo‘ladi.

Foto: Demir Baybars — Ferit Kaya / Kanal D

Demir Baybars — Ferit Kaya. Albora oilasining asosiy dushmanlaridan biri. Nadim Baybarsning o‘g‘li, qattiqqo‘l va injiq tabiatli odam. Aqli bilan ish tutishni bilmaydi. Jihanga nisbatan o‘tmishdan kelayotgan bir nafrati bor, bu nafrat uning uchun vasvasaga aylangan.

1-mavsum qismlari haqida

1-qism — Alya o‘g‘li bilan Mardinga keladi

Serial Kanadada yashayotgan Alya Albora va uning o‘g‘li Deniz hikoyasi bilan boshlanadi. Turmush o‘rtog‘i Boran vafot etgach, Alya uning vasiyatini bajarish uchun o‘g‘li bilan Mardinga yo‘l oladi. U erining oilasi bilan tanishishni istamasa-da, vasiyatni hurmat qilishga majbur bo‘ladi. Albora oilasi yashaydigan uyga kelgan Alya bu yerning qoidalari va muhitidan hayratga tushadi. Ayniqsa, oilaning amaldagi rahbari Jihan Albora bilan ilk uchrashuv serialning asosiy ziddiyatlariga yo‘l ochadi.

2-qism — Alya qaytib ketishga urinadi

Alya Mardinda uzoq qolishni istamaydi va imkon qadar tezroq Kanadaga qaytishni rejalashtiradi. Biroq Albora oilasi uning ketishiga qarshi chiqadi. O‘g‘li Denizning oilaning qonuniy vorisi sifatida ko‘rilishi vaziyatni yanada murakkablashtiradi. Jihan bir tomondan Alyaga yordam berishga harakat qilsa, ikkinchi tomondan oilaviy an’analardan chekinmaydi. Alya esa o‘zini tobora katta bosim ostida his qila boshlaydi.

3-qism — Albora oilasining ichki sirlari

Alya erining oilasi haqida ilgari bilmagan ko‘plab ma’lumotlarga duch keladi. Boranning hayoti va o‘limi bilan bog‘liq ayrim savollar paydo bo‘ladi. Shu bilan birga, Albora va Baybars oilalari o‘rtasidagi eski adovat haqida ilk ishoralar beriladi. Jihan Alyani himoya qilishga urinadi, ammo bu uning oiladagi mavqeiga ham ta’sir qila boshlaydi. Alya esa bu oiladan qutulish oson bo‘lmasligini tushunadi.

4-qism — Jihan va Alya o‘rtasidagi munosabatlar

Alya va Jihan o‘rtasidagi munosabatlar asta-sekin o‘zgaradi. Avvaliga bir-biriga ishonmagan qahramonlar muammolarni birgalikda hal qilishga majbur bo‘lishadi. Shu bilan birga, Sadakat Albora Alyaning oilaga ta’siridan xavotir ola boshlaydi. Nare va Shahin bilan bog‘liq voqealar ham rivojlanib, oiladagi ichki ziddiyatlar yuzaga chiqadi.

5-qism: Baybarslar bilan qarama-qarshilik

Albora va Baybars oilalari o‘rtasidagi eski mojaro yana avj oladi. Demir Baybars Jihanga qarshi yangi reja tuzadi. Alya esa bu adovat qanchalik chuqur ildiz otganini anglay boshlaydi. Oila ichidagi har bir qaror tashqaridagi dushmanlar bilan bog‘liq ekanligi ayon bo‘ladi. Bu qismda serialning kriminal va dramatik tomoni yanada kuchayadi.

6-qism: Alyaning kurashi

Alya o‘g‘lini olib ketish uchun yangi yo‘l izlaydi. U qonuniy va shaxsiy imkoniyatlaridan foydalanib, Mardindan chiqib ketishga urinadi. Biroq Albora oilasining ta’siri uning har bir qadamiga to‘sqinlik qiladi. Jihan esa birinchi marta Alyaning qanchalik qat’iyatli ekanini ko‘radi. Ularning munosabatlari tobora murakkablashib boradi.

7-qism: Oila ichidagi mojarolar

Bu qismda asosiy e’tibor Albora oilasining ichki muammolariga qaratiladi. Ejmel va Jihan o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchayadi. Sadakat oilani birlashtirishga urinadi, ammo aksariyat muammolar uning nazoratidan chiqib ketadi. Alya esa oiladagi har bir insonning o‘z siri borligini anglaydi.

8-qism: Nare va Shahin hikoyasi

Nare va Shahin atrofidagi voqealar markazga chiqadi. Ikki oilaning adovati ularning shaxsiy hayotiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Nare o‘tmishdagi xatolar va hozirgi muammolar bilan kurashadi. Shahin esa bir tomondan oilasi, ikkinchi tomondan vijdoni o‘rtasida qoladi. Bu qism ikkinchi darajali qahramonlarning ahamiyatini oshiradi.

9-qism: Demirning xavfli rejasi

Demir Baybars Albora oilasiga zarba berish uchun yangi reja ishga tushiradi. Jihan uning harakatlarini to‘xtatishga urinadi, ammo vaziyat tobora nazoratdan chiqadi. Alya va Deniz ham bu mojarolarning markazida qolib ketadi. Qism oxirida yuz bergan voqealar keyingi epizodlar uchun muhim burilish yasaydi.

10-qism: His-tuyg‘ular va qarorlar

Alya va Jihan o‘rtasidagi hissiy yaqinlik yanada kuchayadi. Biroq ikkalasi ham bu tuyg‘ularni tan olishga tayyor emas. Oila, an’analar va tashqi bosimlar ularning qarorlariga ta’sir qiladi. Shu bilan birga, Albora oilasining dushmanlari ham yangi hujumlarga tayyorgarlik ko‘radi. 10-qism serialning keyingi voqealari uchun muhim poydevor vazifasini bajaradi.

11-qism: O‘tgan sirlar qayta ochiladi

Albora oilasi ichidagi eski voqealar yana kun tartibiga chiqadi. Alya erining o‘tmishi haqida yangi ma’lumotlarni bilib oladi. Jihan esa oilani tashqi xavflardan himoya qilish bilan birga ichki muammolarni ham hal qilishga urinadi. Shu paytda Demir Baybars yangi hujumga tayyorlanmoqda. Alya va Jihan o‘rtasidagi ishonch asta-sekin mustahkamlanadi.

12-qism: Deniz uchun kurash

Kichik Deniz atrofidagi tortishuvlar kuchayadi. Alya o‘g‘lining kelajagi uchun kurashni davom ettiradi. Albora oilasi esa bolani o‘zlarining ajralmas qismi deb hisoblaydi. Sud va huquqiy masalalar haqida ilk gaplar paydo bo‘ladi. Jihan Alyaning yonida turishga harakat qiladi.

13-qism: Kutilmagan ittifoqlar

Oiladagi ayrim qahramonlar o‘z manfaatlari uchun vaqtinchalik ittifoqlar tuza boshlaydi. Ejmelning harakatlari yangi mojarolarga sabab bo‘ladi. Alya esa kimga ishonish mumkinligini tushunishga urinadi. Baybarslar va Alboralar o‘rtasidagi qarama-qarshilik yanada xavfli tus oladi.

14-qism: Sadakatning qarori

Sadakat Albora oilaning kelajagi uchun muhim qaror qabul qiladi. Uning bu qarori ayrim oila a’zolariga yoqmaydi. Ayniqsa Alya bilan bog‘liq masalalarda keskin fikrlar paydo bo‘ladi. Jihan esa bir tomondan onasini, ikkinchi tomondan Alyani tushunishga harakat qiladi.

15-qism: Dushmanlar yaqinlashmoqda

Demir Baybars va uning tarafdorlari Albora oilasiga bosimni kuchaytiradi. Jihan xavfni oldindan sezib, himoya choralarini ko‘radi. Alya esa o‘zini tobora katta kurash markazida topadi. Oilaning har bir a’zosi bu mojarodan zarar ko‘rishi mumkinligi ayon bo‘ladi.

16-qism: Alya va Jihan o‘rtasidagi hislar

Bu qismda Alya va Jihan o‘rtasidagi hissiy bog‘liqlik yanada yaqqol seziladi. Ikkalasi ham bir-biriga befarq emasligini tushuna boshlaydi. Biroq oilaviy muammolar va tashqi bosimlar bu munosabatlarga to‘sqinlik qiladi. Shunga qaramay, ular bir-biriga tobora yaqinlashadi.

17-qism: Ejmelning yangi rejasi

Ejmel o‘z maqsadlariga erishish uchun yangi harakatlarni boshlaydi. Uning qarorlari Albora oilasidagi muvozanatni buzadi. Jihan bunga qarshi chiqadi va ular o‘rtasidagi ziddiyat kuchayadi. Alya esa oiladagi hokimiyat kurashining asl ko‘lamini ko‘ra boshlaydi.

18-qism: Mojaroning yangi bosqichi

Baybarslar va Alboralar o‘rtasidagi adovat ochiq qarama-qarshilik darajasiga yetadi. Bir necha qahramonlar hayotini o‘zgartiradigan voqealar sodir bo‘ladi. Jihan oilani himoya qilish uchun keskin choralar ko‘radi. Alya esa bu kurashdan chetda qololmasligini anglaydi.

19-qism: Ishonch sinovi

Alya va Jihan munosabatlari jiddiy sinovdan o‘tadi. Ayrim sirlar va tushunmovchiliklar ularning orasini sovutadi. Ushbu sahnada Alyaning onasi paydo bo‘ladi. Shu bilan birga, dushmanlar aynan shu vaziyatdan foydalanishga harakat qiladi. Qism davomida bir nechta kutilmagan voqealar yuz beradi.

20-qism: Oila uchun kurash

Albora oilasi birlashishga majbur bo‘ladi. Tashqaridan kelayotgan xavf barcha ichki nizolarni vaqtincha chetga suradi. Sadakat va Jihan bir maqsad yo‘lida harakat qiladi. Alya esa ilk bor o‘zini bu oilaning bir qismi sifatida his qila boshlaydi.

21-qism: O‘tmish soyasi

Boran bilan bog‘liq ayrim sirlar yuzaga chiqa boshlaydi. Alya erining hayoti haqida ilgari bilmagan ma’lumotlarni eshitadi. Bu esa uning ko‘plab qarashlarini o‘zgartiradi. Jihan ham o‘tmishdagi voqealar bilan yuzlashishga majbur bo‘ladi.

22-qism: Xiyonat alomatlari

Oiladagi ayrim odamlarning asl niyatlari ma’lum bo‘la boshlaydi. Kimdir Alboralarga qarshi yashirin o‘yin olib borayotgani seziladi. Jihan xoinni topishga harakat qiladi. Alya esa o‘ziga yaqin deb bilgan insonlardan shubhalana boshlaydi.

23-qism: Nare uchun og‘ir kunlar

Nare hayotidagi muammolar yanada chuqurlashadi. U oilasi va shaxsiy hayoti o‘rtasida qolib ketadi. Shahin ham murakkab tanlov qarshisida turadi. Bu voqealar tomoshabinlarga qahramonlarning ruhiy kechinmalarini yanada chuqurroq ko‘rsatadi.

24-qism: Jihan qaror qabul qiladi

Jihan oilaning kelajagini belgilab beradigan muhim qaror qabul qiladi. Bu qaror ayrimlarni xursand qilsa, boshqalarni g‘azablantiradi. Baybarslar bilan urush esa davom etmoqda. Alya Jihanning mas’uliyati qanchalik katta ekanini tushunadi.

25-qism: Keskin to‘qnashuv

Dushmanlar bilan navbatdagi to‘qnashuv yuz beradi. Bir nechta qahramonlar xavf ostida qoladi. Jihan va uning yaqinlari og‘ir sinovlarni boshdan kechiradi. Qism oxirida yuz bergan voqealar keyingi epizodlarga katta ta’sir ko‘rsatadi.

26-qism: Sevgi va mas’uliyat

Alya va Jihan o‘z his-tuyg‘ularini inkor etish tobora qiyinlashayotganini his qiladi. Ammo ularning oldida hali ko‘plab muammolar bor. Oilaviy mas’uliyat va shaxsiy baxt o‘rtasidagi kurash qismning asosiy mavzusiga aylanadi.

27-qism: Mavsum finaliga yo‘l

Barcha asosiy voqealar yakuniy nuqtaga yaqinlashadi. Albora oilasi ichidagi mojarolar avjiga chiqadi. Baybarslar ham so‘nggi zarbani berishga tayyorlanadi. Alya va Jihan esa o‘z taqdirlarini hal qiladigan voqealarga duch keladi.

28-qism: 1-mavsum finali

Mavsum finalida bir nechta katta sirlar ochiladi va qahramonlar hayotini o‘zgartiradigan qarorlar qabul qilinadi. Alya va Jihan munosabatlari yangi bosqichga o‘tadi. Albora oilasi esa yangi sinovlar qarshisida qoladi. Final ko‘plab savollarni ochiq qoldirib, tomoshabinlarni 2-mavsumni kutishga majbur qiladi.

2-mavsum qismlari haqida

2-mavsum 2025-yil sentabrda boshlandi va voqealar yanada keskinlashdi.

29-qism: Yangi mavsum sevgi va mojaro

Ikkinchi mavsum boshida Alya va Jihan barcha to‘siqlarga qaramay bir-biridan voz kechmaslikka qaror qiladi. Ular uyga qaytadi va sevgisini yashirmaslikni tanlaydi. Biroq Alyaning Kanadaga ketmasligi Sadakatning g‘azabini yanada kuchaytiradi. Shu bilan birga, Nare va Shahinning yashirin nikohi Albora oilasida katta shov-shuvga sabab bo‘ladi. Jihan esa Boranning o‘limi bilan bog‘liq yangi sirlarni oshkor qiladi.

30-qism: Boran tirikligi haqidagi haqiqat

Jihan Boran aslida tirik ekanini bilib qoladi. Bu yangilik nafaqat uning, balki butun Albora oilasining hayotini o‘zgartirib yuboradi. Alya o‘zini murakkab vaziyatda topadi. Bir tomonda o‘tmishi, ikkinchi tomonda esa Jihanga bo‘lgan tuyg‘ulari turadi. Oiladagi eski yaralar yana ochila boshlaydi.

31-qism: Kutilmagan qaytish

Boranning hayotda ekani haqidagi ma’lumot tobora ko‘proq odamga ma’lum bo‘la boshlaydi. Jihan bu sirni yashirishga urinadi, chunki haqiqat oshkor bo‘lsa, Alya va Denizning hayoti xavf ostida qolishi mumkin. Shu bilan birga, oiladagi ishonch ham sinovdan o‘tadi.

32-qism: Sirni saqlash tobora qiyinlashadi

Jihan Boran haqidagi haqiqatni yashirish uchun kurashni davom ettiradi. Har bir yangi voqea vaziyatni yanada murakkablashtiradi. Alya esa nimadir yashirilayotganini sezadi. Shu sababli Jihan va Alya o‘rtasida tushunmovchiliklar paydo bo‘la boshlaydi.

33-qism: Sevgi va qarshilik

Alya va Jihan rasmiy ravishda ajralish qarorini muhokama qilsa ham, bir-biridan uzoqlasha olmaydi. Bu holat Sadakatni qattiq g‘azablantiradi. U Alyani oiladan uzoqlashtirish uchun yangi choralar ko‘radi. Sevgi va oilaviy bosim o‘rtasidagi kurash serialning markaziy mavzusiga aylanadi.

34-qism: Sadakat uchun og‘ir sinov

Sadakat qilgan ishlarining oqibati bilan yuzlashadi. U tergovga tortiladi va hatto qo‘lga olinadi. Jihan esa onasining qilmishlaridan qattiq ranjiydi. Ona va o‘g‘il o‘rtasidagi ziddiyat ochiq tus oladi.

35-qism: Hayot va o‘lim orasida

Jihan muhim operatsiya masalasi bilan yuzlashadi. U bu haqda Alyaga qanday aytishni bilmay qiynaladi. Alya esa Jihanning nimanidir yashirayotganini sezadi. Ularning munosabatlari yana bir sinovdan o‘tadi.

36-qism: Boranning uyg‘onishi

Boran ko‘zini ochadi va voqealar yangi bosqichga o‘tadi. Uning qaytishi Alya va Jihan uchun yangi muammolarni keltirib chiqaradi. O‘tgan voqealar yana kun tartibiga chiqadi. Endi hech kim avvalgidek yashay olmaydi.

37-qism: Katta kurash

Alya va Jihan yuzaga kelgan muammolarni birgalikda yengishga harakat qiladi. Ular bir-birini qo‘llab-quvvatlaydi. Shu bilan birga, Boranning qaytishi oiladagi kuchlar muvozanatini o‘zgartiradi. Kim g‘olib bo‘lishi hali noma’lum edi.

38-qism: Shahinning so‘nggi so‘zlari

Shahinning aytgan gaplari Jihanga ko‘plab jumboqlarni yechishda yordam beradi. O‘tgan voqealarning ayrim bo‘laklari o‘z o‘rniga tushadi. Shu bilan birga, oiladagi ayrim sirlar ham asta-sekin ochila boshlaydi.

39-qism: Javobsiz savollar

Boranning sog‘lig‘i tiklana boshlaydi. Biroq uning qaytishi ko‘plab savollarni tug‘diradi. Alya va Jihan munosabatlari yana bosim ostida qoladi. Har bir qahramon o‘z yo‘lini tanlashga majbur bo‘ladi.

40-qism: Boranning g‘azabi

Alyaning uni rad etishi Boranni yanada tajovuzkor qiladi. Uning Jihanga nisbatan g‘azabi nazoratdan chiqa boshlaydi. Albora oilasida yangi to‘qnashuvlarga zamin yaratiladi. Shu bilan ikkinchi mavsum voqealari yanada keskin tus oladi.

41-qism: Boran hamma sirni oshkor qiladi

Boran Jihan va Alya aslida rasman ajrashmaganini bilib qoladi. Bu ma’lumot uning qo‘liga katta qurol bo‘lib tushadi va u bundan foydalanishga qaror qiladi. Jihan bir tomondan Boranni nazorat qilishga urinadi, ikkinchi tomondan Alyani bu mojarolardan uzoq tutishga harakat qiladi. Qism oxirida Boran hamma oldida Jihan va Alya haqidagi haqiqatni oshkor qilib, oiladagi muvozanatni buzadi.

42-qism: Oshkor bo‘lgan sirning oqibatlari

Boran aytgan gaplardan keyin Albora oilasida keskinlik kuchayadi. Alya va Jihan o‘z munosabatlarini himoya qilishga majbur bo‘ladi. Sadakat esa oilaning obro‘sini saqlab qolishga urinadi. Shu bilan birga, boshqa qahramonlarning ham yashirin sirlari yuzaga chiqa boshlaydi.

43-qism: Bosim tobora ortadi

Albora oilasi ichidagi ziddiyatlar avjiga chiqadi. Boran Jihan va Alyaga qarshi yangi reja tuzadi. Alya esa o‘g‘li Denizning kelajagi haqida qayg‘uradi. Jihan oilani va sevgan insonlarini himoya qilish uchun yanada keskin qarorlar qabul qiladi.

44-qism: Boranning shubhasi xavfli tus oladi

Boran tobora nazoratni yo‘qota boshlaydi. Shu paytda Zerrin va Kaya avtohalokatga uchrab, hayotlaridagi eng og‘ir sinovlardan birini boshdan kechiradi. Jihan esa Boranga haqiqatni ochiq aytadi va mojaro yangi bosqichga chiqadi.

45-qism: Oiladagi urush

Albora oilasi bir necha frontda kurash olib boradi. Bir tomonda Boran bilan ziddiyat davom etsa, boshqa tomonda Kaya va Zerrin bilan bog‘liq muammolar kuchayadi. Alya va Jihan esa barcha bosimlarga qaramay bir-biriga suyanch bo‘lib qoladi.

46-qism: Yangi ittifoqlar

Qahramonlar o‘z maqsadlariga erishish uchun yangi ittifoqlar tuza boshlaydi. Ayrim eski dushmanlar vaqtinchalik birlashishga majbur bo‘ladi. Boran esa hali ham Alya va Jihan hayotiga aralashishda davom etadi.

47-qism: O‘tmish qaytadi

O‘tmishda sodir bo‘lgan voqealar yana kun tartibiga chiqadi. Ayrim sirlar ochila boshlaydi. Alya erining oilasi haqida ilgari bilmagan ma’lumotlarga ega bo‘ladi. Bu esa uning qarorlariga ta’sir qiladi.

48-qism: Keskin tanlov

Jihan bir vaqtning o‘zida oilasi va sevgisi o‘rtasida tanlov qilishga majbur bo‘ladi. Sadakat ham o‘z qarorlari oqibatlari bilan yuzlashadi. Mojaro tobora chuqurlashib boradi.

49-qism: Sud va haqiqat

Videoyozuv bilan bog‘liq haqiqat sud jarayonida oshkor bo‘ladi. Bu voqea Alya va Jihan o‘rtasidagi ishonchga zarba beradi. Boran esa vaziyatdan foydalanib, o‘z maqsadlariga erishishga harakat qiladi.

50-qism: Jihan hayot uchun kurashadi

Avtohalokatdan keyin Jihanning ahvoli og‘irlashadi. Alya uning yonidan ketmaydi va o‘zini aybdor his qiladi. Shu bilan birga, Boran kichik Denizni olib ketishga urinib, yangi mojaroga sabab bo‘ladi.

51-qism: Nare uchun og‘ir zarba

Narening sog‘ligi yomonlashadi. U farzandini yo‘qotadi va boshqa ona bo‘la olmasligini bilib qoladi. Alya va Jihan esa Deniz uchun kurashni davom ettiradi. Oiladagi hissiy bosim yanada ortadi.

52-qism: Alya xavf ostida

Alya o‘g‘lini qutqarish uchun tavakkal qiladi. Shu paytda Jihan uni izlab topishga harakat qiladi. Alyaning o‘rmondagi voqeasi tomoshabinlar orasida katta muhokamalarga sabab bo‘ladi.

53-qism: Boran va Sadakat qarama-qarshiligi

Boran va Sadakat o‘rtasidagi ziddiyat avjiga chiqadi. Alya esa o‘g‘liga yetib borish uchun kurashadi. Qism oxirida yuz bergan voqealar keyingi qismlar uchun muhim burilish bo‘ladi.

54-qism: Og‘ir qaror

Alya kichik Deniz bilan bog‘liq masalada og‘ir qaror qabul qilishga majbur bo‘ladi. Jihan esa unga yordam berishga urinadi. Oiladagi munosabatlar yanada murakkablashadi.

55-qism: Sirlar ochila boshlaydi

Qahramonlar yashirib kelgan ayrim haqiqatlar yuzaga chiqadi. Alya va Jihan o‘rtasidagi bog‘liqlik kuchayadi. Shu bilan birga, yangi xavflar ham paydo bo‘ladi.

56-qism: Meryem hikoyasi

Meryem atrofidagi sirlar voqealarning markaziga chiqadi. U Jihan bilan avval turmush qurmoqchi bo‘lgan qiz. U endi Alya va Jihan munosabatlariga ta’sir qila boshlaydi. Jihan esa yana bir murakkab vaziyatga duch keladi.

57-qism: DNA sinovi

Kaya farzandi bilan bog‘liq haqiqatni bilish uchun DNA tahliliga murojaat qiladi. Natijalar ko‘plab qahramonlar hayotini o‘zgartirib yuborishi mumkin bo‘lgan voqealarga sabab bo‘ladi.

58-qism: Qasos rejasi

Efirga Feyyaz ismli qahramon qo‘shiladi. Endi voqealar uning atrofida aylanadi. U va boshqa qahramonlar o‘rtasidagi kurash kuchayadi. Jihan dushmanlariga qarshi yangi reja tuzadi. Alya esa uning eng katta tayanchiga aylanadi.

59-qism: Ishonch sinovi

Meryem yashirishga uringan haqiqat oshkor bo‘ladi. Alya va Jihan munosabatlari yana sinovdan o‘tadi. Enginning paydo bo‘lishi esa voqealarni yanada murakkablashtiradi.

60-qism: Alya va Deniz uchun yangi xavf

Enginning rejasi Alya va kichik Denizni xavf ostida qoldiradi. Jihan ularni himoya qilish uchun hamma narsaga tayyor ekanini ko‘rsatadi. Oiladagi mojaro yangi bosqichga chiqadi.

61-qism: O‘g‘irlash voqeasi

Alya va Deniz o‘g‘irlab ketiladi. Jihan ularni topish uchun barcha imkoniyatlarini ishga soladi. Nare esa hayotidagi eng og‘ir davrlardan birini boshdan kechiradi.

62-qism: Cihanning kutilmagan taklifi

Jihan Feyyaz va Boran bilan bog‘liq muammolarni o‘z foydasiga hal qiladi. U Denizning vasiyligi masalasida muhim natijaga erishadi. Qism finalida esa Alyaga turmush qurishni taklif qilib, mavsumning eng romantik sahnalaridan birini yaratadi.

63-qism: Mavsum finali

Alya va Jihan nihoyat to‘yga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi. Uy uzoq vaqtdan keyin quvonchli muhitga to‘ladi. Biroq Boran Meryemning eng katta siridan foydalanib, yana bir bor hammani xavf ostida qoldiradi. O‘q uzilgan, qasos va fidoyiliklarga boy finalda Albora oilasining taqdiri butunlay o‘zgarib ketadi va uchinchi mavsum uchun ko‘plab savollar ochiq qoladi.

Serial davomi bo‘ladimi

Kuni kecha, 1-iyun kuni serialning 2-fasli 63-qism bilan yakunlandi. Hozircha «Uzoq shahar» rasmiy ravishda yakunlangan serial emas. Chunki oxirgi qismning kutilmagan yakuni 3-faslga ham ehtimollik qoldirmoqda. Shuningdek, serialning reytinglari juda yuqori bo‘lgani uchun uchinchi mavsum bo‘lish ehtimoli katta deb baholanmoqda. Biroq Kanal D yoki AyNA Yapım tomonidan 3-mavsum haqida hozircha rasmiy bayonot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning «Yerosti» («Yeraltı») seriali haqida ma’lumot berilgandi. Unda qasos, muhabbat, jinoyat olami va sadoqat mavzulari bir hikoya ichida ochib beriladi. Serial NOW telekanalida namoyish etildi. 20-may kuni uning 16-qismi mavsum finali sifatida efirga uzatildi.