
4-iyun kuni Toshkent viloyatining ayrim joylarida, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Havo harorati kechasi +13…+25 daraja, kunduzi +28…+38 daraja atrofida bo‘ladi. Tog‘li hududlarda esa sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli mavjud.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
| Hudud | Kunduzgi harorat | Kechki harorat | Yog‘ingarchilik |
|---|---|---|---|
| Toshkent shahri | +31…+33°C | +19…+21°C | Kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati | +28…+33°C | +13…+18°C | Kutilmaydi |
| Buxoro va Navoiy viloyatlari | +30…+35°C | +18…+23°C | Kutilmaydi |
| Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari | +28…+33°C | +18…+23°C | Asosan yog‘ingarchilik kutilmaydi, Toshkent viloyatining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin |
| Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari | +33…+38°C | +18…+23°C | Kutilmaydi |
| Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari | +28…+33°C | +20…+25°C | Kechga tomon ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin |
| Tog‘ oldi va tog‘li hududlar | +20…+25°C | +12…+17°C | Ba’zi joylarda yomg‘ir, momaqaldiroq; sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin |
Eslatib o‘tamiz, 2 – 5-iyun kunlari 9 ta hududda sel xavfi yuzaga kelishi mumkin.