Yangiliklar

Saida Mirziyoyeva Avstriya federal kansleri bilan nimalarni muhokama qildi

Siyosiy muloqotdan madaniy aloqalargacha
Saida Mirziyoyeva Avstriya federal kansleri bilan nimalarni muhokama qildi / Foto: Telegram

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Avstriya Federal kansleri Kristian Shtoker bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar suhbat davomida ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Avstriya o‘rtasidagi siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish hamda madaniy aloqalarni kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Foto: Telegram

«O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan o‘zaro aloqalari va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning yangi imkoniyatlarini alohida muhokama qildik», – deya yozadi Mirziyoyeva.

Tomonlar o‘zaro ishonch va hurmat tamoyillariga asoslangan sheriklikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

Foto: Telegram

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva YXHT bosh kotibi bilan muhim masalalarni muhokama qilgan edi.