
5-iyun kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (MMTV) vakillari bilan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 1-sinfiga qabul jarayonlariga bag‘ishlangan jonli muloqot bo‘lib o‘tadi.
Vazirlik matbuot xizmatining xabar berishicha, onlayn translyatsiya soat 15:00 da MMTVning Facebook’dagi rasmiy sahifasida boshlanadi.
Jonli efir davomida vazirlik mas’ul xodimlari quyidagi asosiy masalalarga to‘xtalib o‘tadilar:
- 1-sinfga qabul jarayonlarini tashkil etish tartibi va qabulning amaldagi talablari;
- elektron ro‘yxatdan o‘tish bosqichlari;
- jarayonlarga doir muammo va ularning yechimlari xususida vazirlik mas‘ul xodimlari tomonidan batafsil ma’lumot beriladi.
Ota-onalar va pedagoglar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni vazirlikning Facebook’dagi tegishli posti izohlarida qoldirishlari mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan maktablarning 9 va 11-sinf o‘quvchilari uchun yakuniy davlat imtihonlari o‘tkazilish muddatlari e’lon qilingani haqida yozgan edi.