
2026-yilning yanvar – may oylarida O‘zbekistonda jami 37 mlrd 684,2 mln kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
2025-yilning shu davriga nisbatan 2 mlrd 57,8 mln kVt⋅soatga yoki 5,8 foizga ko‘pni tashkil etdi. Mazkur davrda respublika bo‘yicha elektr energiyasi iste’moli 36 mlrd 317,4 mln kVt⋅soatga yetdi. Bu o‘tgan yildagiga nisbatan 1 mlrd 3 mln kVt⋅soatga (3,8 foiz) oshgan.
May oyi ko‘rsatkichlari
2026-yil may oyida mamlakatda 7 mlrd 15,7 mln kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu 2025-yil may oyiga nisbatan 249,7 mln kVt⋅soat yoki 3,7 foiz ko‘pdir.
May oyida elektr energiyasi iste’moli esa 6 mlrd 782,6 mln kVt⋅soatni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8 mln kVt⋅soat yoki 0,1 foizga oshgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan elektrdagi uzilishlar fonida metro harakati vaqtincha to‘xtab qolgani haqida yozgandi.