
5-iyun kuni ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Harorat kunduz kuni 28-38 daraja, kechasi 13-22 daraja atrofida bo‘ladi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda esa yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda.
Quyida ob-havo prognozi viloyatlar kesimida:
| Hudud | Kunduzgi harorat | Kechki harorat | Yog‘ingarchilik |
|---|---|---|---|
| Toshkent shahri | 30-32° | 17-19° | Kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati | 28-33° | 13-18° | Kutilmaydi |
| Buxoro va Navoiy viloyatlari | 30-35° | 16-21° | Kutilmaydi |
| Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari | 28-33° | 16-21° | Asosan kutilmaydi, Toshkent viloyatining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin |
| Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari | 33-38° | 17-22° | Kutilmaydi |
| Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari | 28-33° | 16-21° | Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin |
| Tog‘ oldi va tog‘li hududlar | 18-23° | 10-15° | Vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, momaqaldiroq, sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin |