Yangiliklar

Firibgarlar qizlar rolida harbiylarni aldamoqda

Rossiyada
Samsung Messages ilovasi shu yilning iyulidan ishlashni to‘xtatadi
Foto: Gizchina

Rossiyada Kiberxavfsizlik mutaxassislari harbiy xizmatchilarni nishonga olgan yangi firibgarlik usuli haqida ogohlantirdi. Bu haqda «Ria Novosti» xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, jinoyatchilar internetda o‘zlarini qizlar sifatida tanishtirib, harbiylar bilan tanishmoqda. Ular messenjerlar va tanishuv platformalari orqali muloqot boshlaydi.

Suhbat davomida firibgarlar turli bahonalar bilan foydalanuvchini havola orqali maxsus ilova yuklab olishga undaydi. Ba’zan ular o‘zini dasturchi deb tanishtirib, yangi ilovani sinab ko‘rishni so‘raydi. Yana bir holatda esa suratlarni xavfsiz almashish uchun maxsus dastur kerakligini aytadi.

Mutaxassislar ogohlantirishicha, bunday ilovalar aslida josuslik dasturlari bo‘lishi mumkin. Ular qurilmaga o‘rnatilgach, firibgarlar messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarga kirish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Kiberxavfsizlik ekspertlari noma’lum havolalarni ochmaslik, ishonchsiz dasturlarni yuklab olmaslik va shaxsiy ma’lumotlarni begonalarga bermaslikni tavsiya qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq buxorolik ayol «Markaziy bank xodimi»ga ishonib bir milliard so‘mdan ayrilgandi. Unga ko‘ra, hodisa 2025-yil dekabr oyida sodir bo‘lgan. Telegram orqali bog‘langan shaxslar ayolning bank omonatlari xavf ostida ekanini aytib, pullarni xavfsiz kartalarga ko‘chirish kerakligiga ishontirgan.