
Huawei kompaniyasi Nova Y74 smartfonini taqdim etdi. Modelning asosiy jihati 6620 mA/soat sig‘imli akkumulyator bo‘ldi. U 40 Vt tezkor Huawei SuperCharge quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi.
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, smartfon 30 soatgacha video ko‘rish, 60 soatgacha musiqa tinglash va ikki sutkagacha uzluksiz suhbatlashish imkonini beradi.
Qurilmada X-tugma ham mavjud. U orqali fonarni yoqish, qo‘ng‘iroq qilish yoki navigatsiyani tez ishga tushirish mumkin.
Huawei Nova Y74 6,67 dyuymli HD+ ekran, 90 Hz yangilanish tezligi, Kirin 8000 chipi, 8 GB tezkor xotira va 256 GB gacha ichki xotira bilan jihozlangan.
Smartfonda 50 MP asosiy kamera va 8 MP old kamera bor. Qurilma EMUI 12 tizimida ishlaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Huawei Nova 16 va Nova 16z taqdim etilgandi. Gizmochina’ga ko‘ra, yangi modellar o‘rta segmentga kiradi. Ularda sun’iy yo‘ldosh orqali xabar yuborish, katta akkumulyator va 100 Vt tezkor quvvatlash mavjud.