Sport

Husanov kuchli, tezkor, maydonda yaxshi ishlaydi — «Barselona» akademiyasi texnik direktori

Roka futbolchining O‘zbekistondan Belarus, Fransiya va keyin «Manchester Siti»gacha bo‘lgan yo‘lini mintaqa uchun yaxshi namuna deb atagan
Husanov kuchli, tezkor, maydonda yaxshi ishlaydi — Aleks Roka
Foto: Instagram/ Husanov

«Barselona»ning Manasdagi akademiyasi texnik direktori Aleks Roka Abduqodir Husanovning imkoniyatlariga baho berdi. Unga ko‘ra, Husanov kuchli, tezkor, maydonda yaxshi ishlaydi.

U Eurasia Football bilan suhbatda Husanov zamonaviy markaziy himoyachi uchun muhim sifatlarga ega ekanini aytdi. Rokaga ko‘ra, u kuchli, tezkor va maydondagi bo‘sh zonalarda yaxshi harakat qila oladi.

«Husanovda bunday futbol uchun muhim bo‘lishi mumkin bo‘lgan sifatlar bor. U kuchli, tezkor, maydonda yaxshi ishlaydi va bosim ostida o‘ynay oladi», – deya qayd etgan Aleks Roka.

Foto: «Aziya Sport»

Mutaxassis «Manchester Siti» dunyoning eng kuchli klublaridan biri ekanini ta’kidladi. Uning aytishicha, bunday jamoada raqobat, tezlik va talab juda yuqori bo‘ladi.

Roka futbolchining O‘zbekistondan Belarus, Fransiya va keyin «Manchester Siti»gacha bo‘lgan yo‘lini mintaqa uchun yaxshi namuna deb atadi. Uning fikricha, Xusanovning muvaffaqiyati Markaziy Osiyo futbolchilariga bo‘lgan e’tiborni oshirishi mumkin.

«Bu butun mintaqa uchun yaxshi misol. Agar O‘zbekistondan chiqqan futbolchi shunday yo‘lni bosib o‘tsa, demak, boshqalarda ham imkoniyat bo‘lishi mumkin», – dedi Aleks Roka.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Abduqodir Husanov Osiyoning eng qimmat futbolchisiga aylangani haqida yozgan edi.