
Kasbiy ko‘nikmalar markazlarini Kasbiy ta’lim agentligi tizimiga o‘tkazish orqali qayta tashkil etilgan texnikumlarga 2026-yil uchun qabul parametrlari tasdiqlandi. Bu haqda agentlik rasmiy sahifasida ma’lum qildi.
Yangi tartibga ko‘ra, hududlarning ixtisoslashuvi inobatga olingan holda 9-sinf bitiruvchilari hamda kamida umumiy o‘rta ma’lumotga (11-sinf) ega bo‘lgan fuqarolarni kasb va mutaxassisliklarga o‘qitish uchun kvotalar belgilandi.
Jami 52 ta texnikum bo‘yicha 117 ta kasb yo‘nalishida 21 570 ta qabul kvotasi ajratilgan:
- 9-sinf bitiruvchilari uchun — 15 180 ta;
- 11-sinf (umumiy o‘rta ma’lumot)ga ega bo‘lganlar uchun — 6 390 ta.
Qabul parametrlarining 86,4 foizi davlat granti, 13,6 foizi esa to‘lov-kontrakt asosida shakllantirilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 1-sinfga qabul qanday bo‘lishi haqida yozgandi.