Yangiliklar

Toshkentdagi Taras Shevchenko ko‘chasining bir qismi 8-iyungacha yopiladi

4-iyun soat 06:00 dan 8-iyun soat 07:00 gacha
Foto: Mirobod tuman hokimligi

Toshkent shahrida ko‘ngilochar festival o‘tkazilishi munosabati bilan bir nechta markaziy ko‘chalarda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 4-iyun soat 06:00 dan 8-iyun soat 07:00 gacha Taras Shevchenko ko‘chasining Fidokor va Nukus ko‘chalari oralig‘idagi qismi barcha turdagi transport vositalari uchun yopiladi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Shuningdek, Sayyid Baraka ko‘chasining Oybek ko‘chasi bilan kesishmasidan Amir Temur shoh ko‘chasigacha bo‘lgan hududda ham avtomobillar harakati to‘xtatiladi.

Mas’ullar haydovchilarga mazkur davrda muqobil yo‘nalishlardan foydalanishni tavsiya qilib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘radi.

Cheklovlar festival tadbirlarini xavfsiz va tartibli tashkil etish maqsadida joriy etilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan kichik halqa yo‘li vaqtinchalik yopilishi haqida yozgandi.