Avto

Audi Nuvolari superkari qanday imkoniyatlar bilan taqdim etildi

Audi Nuvolari superkari qanday imkoniyatlar bilan taqdim etildi
Foto: Audi

Audi kompaniyasi tomonidan yangi Audi Nuvolari superkari taqdim etildi. Avtomobil R8 ishlab chiqarilishi to‘xtatilganidan keyin bo‘shagan o‘rinni egallaydi.

Yangi model Audi tarixidagi eng kuchli seriyali avtomobil sifatida ko‘rsatilmoqda. U brendning kelajakdagi dizayn yo‘nalishini ham namoyish qiladi. Audi Nuvolari markaziy joylashuvdagi dvigatelga ega. Avtomobil 4,0 litrli ikki turbinali V8 motor va uchta elektromotordan iborat gibrid tizim bilan jihozlangan.

Foto: Audi

Ushbu tizimning umumiy quvvati 987 ot kuchiga yetadi. Bu ko‘rsatkich Nuvolari’ni Audi liniyasidagi eng kuchli modelga aylantiradi. Ichki yonuv dvigateli 10 ming aylanishgacha ishlay oladi. Bu V8 arxitekturasi uchun juda yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Gibrid tizimda 7,3 kW/soat sig‘imli akkumulator ham bor. U qisqa masofalarda avtomobilni to‘liq elektr rejimida harakatlantirish imkonini beradi. Audi Nuvolari 100 km/soat tezlikka 2,6 soniyada chiqadi. 200 km/soatga tezlashish uchun esa 6,8 soniya kerak bo‘ladi.

Foto: Audi

Superkarning maksimal tezligi 350 km/soatdan oshadi. Shu orqali u Audi tarixidagi eng tez seriyali avtomobilga aylandi. Model shassisida uglerod tolali materiallardan keng foydalanilgan. Bu gibrid tizim sabab ortgan vaznni kamaytirishga yordam beradi.

Avvalroq ‘«Kursiv» Chevrolet Onix 2027 rasman taqdim etilgani haqida yozgan edi.