
Honor kompaniyasi tomonidan buklama Honor Magic V6 smartfoni global bozorda sotuvga chiqarish boshlandi. Bu haqda Huaweicentral nashri xabar bermoqda.
Qurilma dastlab Malayziyada oldindan buyurtma uchun ochildi. Buyurtmalar 11-iyungacha qabul qilinadi. Honor Magic V6 MWC 2026 ko‘rgazmasida dunyodagi eng yupqa buklama smartfonlardan biri sifatida namoyish etilgan edi.
Avvalroq model faqat Xitoy bozorida sotilgan. Endi kompaniya uni xalqaro bozorlarga olib chiqmoqda. Malayziyada smartfonni Honor Malaysia rasmiy sayti va autorizatsiyadan o‘tgan do‘konlar orqali buyurtma qilish mumkin.
Smartfon haqida

Qurilma ikki xil xotira talqinida taklif etiladi. 16 GB tezkor va 512 GB doimiy xotirali versiya $1,9 ming turadi. 16 GB tezkor va 1 TB doimiy xotirali talqin esa $2,2 ming narxda sotiladi. Oldindan buyurtma bergan xaridorlarga taxminan $940 qiymatidagi sovg‘alar va qo‘shimcha servis xizmatlari taqdim etiladi.
Har bir xaridga bepul Skyworth Google TV televizori ham qo‘shib beriladi. Biroq televizorning aniq modeli va texnik xususiyatlari ochiqlanmagan. Honor Magic V6 global relizi kompaniyaning premium buklama smartfonlar bozoridagi pozitsiyasini kuchaytirishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Honor X7e smartfoni arzon narxda taqdim qilingani haqida yozgan edi.