Yangiliklar

O‘zbekiston va Slovakiya markaziy banklari hamkorlik memorandumini imzoladi

Memorandum pul-kredit siyosati, monetar operatsiyalar va moliyaviy barqarorlik yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan
Markaziy bank masofaviy banklar uchun kiberxavfsizlikni kuchaytirdi
Foto: Kursiv Uzbekistan

O‘zbekiston Markaziy banki hamda Slovakiya Milliy banki o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjat ikki mamlakat markaziy banklari o‘rtasida tadqiqotlar, pul-kredit siyosati, moliyaviy barqarorlik va monetar operatsiyalar yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishni nazarda tutadi.

Memorandum doirasida tomonlar professional muloqotni mustahkamlash, qo‘shma uchrashuvlar, seminarlar va o‘quv tadbirlarini tashkil etish, shuningdek, bilim va ilg‘or tajriba almashishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Markaziy bank Behavia bilan hamkorlik memorandumini imzolagani haqida yozgandi.