Gadjetlar

Samsung Galaxy S25 uchun One UI 9.0 sinovlari boshlandi

Galaxy S25, Galaxy S25 Plus va Galaxy S25 Ultra smartfonlari uchun
Samsung Galaxy S25 uchun One UI 9.0 sinovlari boshlandi
Foto: Max Jambor / SamMobile

Samsung kompaniyasi Galaxy S25, Galaxy S25 Plus va Galaxy S25 Ultra smartfonlari uchun One UI 9.0 dasturiy qobig‘ini sinovdan o‘tkazishni boshladi. Bu haqda Sammobile xabar berdi.

Kompaniyaning OTA yangilanish serverlarida ushbu modellarga mo‘ljallangan yangi dasturiy ta’minot aniqlangan. Bu One UI 9.0 ustida ichki sinovlar boshlanganini anglatadi.

One UI 9.0 o‘tgan oy taqdim etilgan bo‘lib, Android 17 operatsion tizimi asosida ishlab chiqilgan. Dastlab beta-versiya Galaxy S26 smartfonlari uchun taqdim etilgan edi.

Yangi dasturiy ta’minotning serverlarda paydo bo‘lishi uning yaqin kunlarda ommaga taqdim etilishini anglatmaydi. Biroq Samsung Galaxy S25 seriyasi uchun yangilanish ustida faol ishlayotganini tasdiqlaydi.

Hozircha One UI 9.0 faqat ichki sinovlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ommaviy beta-dastur boshlanish sanasi e’lon qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung Galaxy S25 Edge narxi keskin tushib ketgani haqida xabar berilgandi. Galaxy S25 Edge 2025-yilda kompaniyaning eng yupqa flagmanlaridan biri sifatida taqdim etilgan edi. Uning korpusi atigi 5,8 mm qalinlikka ega. Biroq model ommaviy xaridorlar orasida kutilgan darajada mashhur bo‘lmadi.