Yangiliklar

Farg‘onada 6100 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi ushlandi, Eron va AQSh mojarosi — 6-iyun sanasida e’lon qilingan yangiliklar

Qirg‘iziston prezidentining sobiq maslahatchisi uy qamog‘iga o‘tkazildi
Hududlarda 4,2 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanildi
Foto: Unsplash

Farg‘onada 6100 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi ushlandi, Eron va AQSh mojarosi — 6-iyun sanasida e’lon qilingan yangiliklar «Kursiv» dayjestida.

Farg‘onada 6100 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi ushlandi

Farg‘onada 6100 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi ushlandi
Foto: DXX

Farg‘ona viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Ikki holatda jami 6100 dona «Regapen» dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olindi, deya xabar bermoqda DXX.

O‘tkazilgan tadbir davomida Farg‘ona shahrida yashovchi 1974-yilda tug‘ilgan fuqaroning xonadoni tekshirildi. U kelgusida sotish maqsadida 3580 dona «Regapen» dori vositasini saqlab kelgani aniqlandi. Yana bir holat «Qo‘qon – Toshkent» yo‘nalishida aniqlandi. Qo‘qon shahrida yashovchi 1990-yilda tug‘ilgan shaxs boshqaruvidagi «Lacetti» avtomobili to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.

Hududlarda 4,2 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanildi

O‘zbekistonning bir nechta hududida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Aniqlangan zarar miqdori jami 4,2 mlrd so‘mdan oshdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi. Unda fermer xo‘jaligi mas’ullari «Kamolot» MFY hududidagi yer maydonida suv nasoslaridan foydalanishda elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatgani aniqlandi. Oqibatda ular 1,7 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

Kongodagi Ebola xavfi hali pasaygani yo‘q — JSST

Kongodagi Ebola xavfi hali pasaygani yo‘q — JSST
Foto: EPA

Kongo Demokratik Respublikasida Ebola bilan bog‘liq rasmiy raqamlar kamaygan bo‘lsa-da, holat epidemiyaning xavfi pasaydi, degani emas. Bu haqda JSST ma’lum qildi.

Avvalroq mamlakat rasmiylari 1000 dan ortiq gumonli holatlar va qariyb 250 ta ehtimoliy o‘lim haqida ma’lum qilgan edi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Kongoda 380 ga yaqin tasdiqlangan holat qayd etilgan. Ularning 60 tasi o‘lim bilan yakunlangan.

AQSh va Eron Fors ko‘rfazida o‘zaro zarbalar berdi

AQSh va Eron Fors ko‘rfazida o‘zaro zarbalar berdi
Foto: Ochiq manba

AQSh va Eron o‘rtasidagi mo‘rt sulh yana sinov ostida qoldi. Tomonlar Fors ko‘rfazi hududida bir-biriga qarshi harbiy harakatlar amalga oshirdi.

AQSh harbiylari Eron dronlari va radar obyektlariga zarba berganini bildirdi. Eron esa javoban Fors ko‘rfazidagi AQSh bazalariga raketa uchirdi. AQSh Markaziy qo‘mondonligi ma’lumotiga ko‘ra, Amerika kuchlari Hormuz bo‘g‘ozi tomon uchirilgan to‘rtta Eron dronini urib tushirgan. Qo‘mondonlik bu dronlar mintaqadagi dengiz qatnovi uchun bevosita xavf tug‘dirganini aytdi.

Meta SI xarajatlari uchun o‘nlab mlrd dollar jalb qilmoqchi

Meta SI xarajatlari uchun o‘nlab mlrd dollar jalb qilmoqchi
Foto: shutterstock

Meta Platforms sun’iy intellekt infratuzilmasi uchun yangi moliyalashtirish manbalarini izlamoqda. Financial Times ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya aksiyalar chiqarish orqali o‘nlab mlrd dollar jalb qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Facebook va Instagram egasi bo‘lgan Meta katta hajmdagi SI xarajatlarini qoplash uchun turli variantlarni o‘rganmoqda. Kompaniya rahbariyati Alphabet’ning $85 mlrdlik rekord joylashtiruvidan keyin bu masalaga jiddiyroq qaray boshlagan.

Qirg‘iziston prezidentining sobiq maslahatchisi uy qamog‘iga o‘tkazildi

Qirg‘iziston prezidenti sobiq maslahatchisi uy qamog‘iga o‘tkazildi
Foto: Asia Today

Bishkek shahrining Lenin tuman sudi Qirg‘iziston prezidenti sobiq maslahatchisi Janibek Kubandikovga nisbatan ehtiyot chorasini o‘zgartirdi. U firibgarlikda ayblanmoqda. Kaktus.media xabariga ko‘ra, sud uni qamoqda saqlash o‘rniga uy qamog‘iga o‘tkazgan.

Sud ma’lumotlariga ko‘ra, tegishli qaror 2026-yil 6-iyun kuni tergov sudyasi tomonidan chiqarilgan. Ehtiyot chorasi tergov muddati uchun, ya’ni 17-iyulgacha belgilangan.

Tramp AQSh Erondagi operatsiyani tez yakunlashini aytdi

Tramp AQSh Erondagi operatsiyani tez yakunlashini aytdi
Foto: Shutterstock

AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington Erondagi operatsiyani tez orada yakunlash niyatida ekanini bildirdi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Tramp bu haqda Viskonsin shtatining Chippva-Fols shahrida qishloq xo‘jaligiga bag‘ishlangan davra suhbatida aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Erondan «juda tez chiqib ketishi» kerak bo‘lgan bosqichga kelgan.